ⓘ Qoshrabot tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1978-yil 3-aprelda tashkil etilgan. Sharqdan Payariq, jan.dan Ishtixon, Kattaqorgon tum ..

                                     

ⓘ Qoshrabot tumani

Qoshrabot tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1978-yil 3-aprelda tashkil etilgan. Sharqdan Payariq, jan.dan Ishtixon, Kattaqorgon tumanlari, garb va shim.dan Navoiy viloyatining Nurota, jan garbdan xatirchi tumanlari, shim.sharqdan Jiz-zax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 1.11 ming km 2. Aholisi 93.3 ming kishi. Tumanda 7 ta qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Qoshrabot qishlogi.

Mahalla fuqarolar yiginlari: Bozorjoy mahallasi, Boypurshli mahallasi, Buloq mahallasi, Buloqboshi mahallasi, Dostlik mahallasi, Jonbuloq mahallasi, Joshota mahallasi, Zarkent mahallasi, Katta Oqmachit mahallasi, Qiyqim mahallasi, Qovunchi mahallasi, Qoratosh mahallasi, Quvkalla mahallasi, Qorgon mahallasi, Qorolos mahallasi, Qoshrabot mahallasi, Qoshtamgali mahallasi, Mayintepa mahallasi, Minishkor mahallasi, Mustaqillik mahallasi, Novqat mahallasi, Ozod mahallasi, Oqmachit mahallasi, Oqchopsoy mahallasi, Pangat mahallasi, Pichot mahallasi, Tegirmonovul mahallasi, Toz mahallasi, Urganji mahallasi, Orta Soy mahallasi, Xonnazar mahallasi, Chinoq mahallasi, Chorloq mahallasi, Shova mahallasi, Shovona mahallasi, Yuqori Josh mahallasi, Yuqori Saroy mahallasi, Yangiqishloq mahallasi.

                                     

1. Tabiati

Yer yuzasi Nurota toglari va tog oldi qismlaridan iborat. Shim.da Nurota tizmasi eng baland joyi - Hayotboshi choqqisi, 2165 m, jan.da Oqtog tizmasining sharqiy qismi joylashgan. Relyefi tizmalardan atrofga tomon 500 m gacha pasayib boradi. Tizmalar etagi meridional yonalgan vodiylar bilan qirqilgan. Ikkala tizma Nurota botigi orqali bir-biridan ajralib turadi. Iqlimi tog tepalari va yon bagirlarida nisbatan salqin, tog etaklari va botiqlarda yoz issiq va quruq, qishi unchalik sovuq bolmaydi.

                                     

1.1. Tabiati Iqlimi

Yanv.ning ortacha temperaturasi - G, eng past temperatura - 29°, iyulniki 27 - 28°, eng yuqori temperatura 43°_ Vegetatsiya davri 200 kundan ortiq. Yillik yogin 200–300 mm, tog yon bagirlarida 600 mm gacha, asosan, bahor va qishda yogadi. Yogingarchilik faslida toglarda oqar suvlar hosil boladi. Yozda soylarning kopchiligi qurib qoladi.

Yirikroq soylari - Oqsoy, Saganoq, Gujumsoy, Pi-chatsoy, Pangatsoy va boshqa Togli qismida buloq kop. Tuproqlari botiqda och boz, boz, tog yon bagirlarida toq boz tuproq. 1600 m dan balandda tog-jigarrang va tog-otloq tuproqlari tarqalgan. Osimliklari, asosan, chol va tog-chol landshaftlariga xos. Toglarning 1500–1700 m balandlikkacha bolgan qismlari chala chol osimliklari, yani efemer va efemeroidlardan tashkil topgan. Bu yerda butalardan bodom, uchqat, namatak, pista, dolana va boshqa osadi. Toglarning baland qismida ora-sira archalar uchraydi. Tog odsi qismlarida shuvoq, yantoq, efemerlar rang, qongirbosh va boshqalar osadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bori, borsiq, tipratikan, yumronqoziq, toshbaqa, echkemar, ilonlar jumladan, zaharli ilonlar, qushlardan kaklik, qorabovur, burgut, qoraqarga va boshqa bor. Qazilma boyliklardan oltin, qurilish materiallari qazib olinadi. Hududida Kushrabot buyurtma qoriqxonasi joylashgan.

                                     

2. Xojaligi

Xojaligi, asosan, chorvachilik, gallachilik, qisman bogdorchilik tokchilikka va konchilikka ixtisoslashgan. Ozbekistondagi oltin konlaridan biri bolgan Zarmitan oltin koni shu hududda joylashgan. Chorvachilikning asosiy tarmogi - qorakolchilik. Tumanda yirik, orta, kichik korxonalar va mikrofirmalar faoliyat korsatadi. Aholiga maishiy xizmat korsatuvchi kichik korxonalar ham bor.

Qoshrabot tumanida 60.2 mingga yaqin qoramol, 207.5 mingga yaqin qorakol qoylari, 3.7 mingdan ziyod yilqi boqiladi. Qishloq xojaligi mahsulotlarining asosiy qismi fermer xojaliklarida yetishtiriladi. 5 shirkat,’ 1 jamoa, 1 naslchilik, maxsus, 388 fermer xojaligi bor.

                                     

3. Maorifi

2004/2005 oquv yilida 88 umumiy talim maktabida 25.8 mingga yaqin oquvchi, 2 kasb-hunar kollejida 734 talaba talimoldi. 44 kutubxona 178.7 ming nusxa kitob, 19 madaniyat uyi, stadion, sport maydonchalari mavjud. 6 kasalxona 320 orin, 34 feld-sher-akusherlik punkti, 18 qishloq davolash ambulatoriyasi va boshqa tibbiy muassasalarda 125 vrach, 710 orta va kichik tibbiy xodim ishlaydi.