ⓘ Gazzoliy, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Gazzoliy - islom ilohiyotchisi, faylasuf. G. taxallusi haqida turli fikr bor. Bazi olimlar gazzol ip yigiruvchi oil ..

                                     

ⓘ Gazzoliy

Gazzoliy, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Gazzoliy - islom ilohiyotchisi, faylasuf.

"G." taxallusi haqida turli fikr bor. Bazi olimlar gazzol ip yigiruvchi oilasida tugilgan, shu sababdan Gazzoliy taxallusini olgan desa, boshqalari esa Gazola Tus yaqinidagi qishloqda tugilgan, shuning uchun taxallusi Gazoliy deb hisoblaydilar. Nishopur Sharqiy Eron va Bagdodda talim olgan. "Nizomiya" madrasasi Bagdodda islom huquqshunosligidan dars bergan. Mudarrislikdan voz kechib, 11 yil zohidlikda hayot kechirgan, ilm bilan mashgul bolgan. 1105 yilda Nishopurga kelib, yana madrasada mudarrislik qildi, ammo bu hol uzoqqa chozilmadi. Tusga kochib borib 300 ga yaqin talabaga xususiy tarzda dars berdi. Uning fiqhga doir "Bosit", "Vojiz", "Vosit", aqidaga doir "Qavoid al-Aqoid" "Aqidalarning qoidalari", "ar-Risolat al-qudsiya" "Qudsiya risolasi", mutasavviflar uchun "Ihya ulum ad-din" "Diniy ilmlarni tiriltirish", "Mukoshafat ul-qulub" "Qalblar kashfiyoti" asarlari mashhur. Shuningdek, "Tahofut al-falasifa" "Faylasuflarni rad etish", "Kimyo-i-saodat" "Saodat kimyosi", "Maqosid al-falasifa" "Faylasuflarning maqsadlari" asarlari olim ijodida muayyan orinni egallaydi. Bu asarlarda Forobiy, Ibn Sino, Abu Hayyon atTavhidiy qarashlarining tasirini korish mumkin.

G. oz asarlarida islom ilohiyotini falsafiy jihatdan asoslashga harakat qilgan. G. xudoni aql orqali anglash mumkin emas, uni maxsus ruhiy, jismoniy harakatlar - siginish va ibodatlar orqali anglash mumkin deb hisobladi. Sunniylik aqidalarini tasavvuf ideallari bilan birga qoshib talqin qilgan. G. fikricha, insonning Alloh buyurgan amallardan oziga maqbulini tanlab olishi oz ixtiyo-ridadir, shu bois mazkur xatti-hara-katlari oldindan belgilab qoyili-shiga qaramay ular uchun aynan in-sonning ozi masuldir. G.ga kora, jon xudo singari fazodan tashqari-da, olam xudo tomonidan yaratilgan. G.ning diniy tizimi tasavvufni ananaviy islom bilan birlashtirdi. G. goyalari islom tafakkuriga va orta asr Yevropa falsafasiga tasir korsatdi. G.ni zamondoshlari "Hujjat ul-islom" "Islom dalili" deb uluglashgan.