ⓘ Hamadoniy Yusuf Abu Yaqub - tasavvufning yirik namoyandasi, olim. Bagdodda Abu Ishoq Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda bilimini oshirgan. T ..

                                     

ⓘ Hamadoniy Yusuf Abu Yaqub

Hamadoniy Yusuf Abu Yaqub - tasavvufning yirik namoyandasi, olim.

Bagdodda Abu Ishoq Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda bilimini oshirgan. Tasavvufni Abu Ali Formadiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan organgan. Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir Giloniy, Gazzoliy, Hamiduddin Multoniy bilan muloqotda bolgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan.

H. Buxoroda uzoq muddat yashab, Ahmad Yassaviy va Abduxoliq Gijduvoniy va boshqa yirik mashoyixlarga ustozlik qilgan. U keyinchalik xoja-gon-naqshbandiya tariqatining ayrim qoidalarini ishlab chiqqan. Xoja Ab-dulloh Barraqiy Xorazmiy, Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq Gijduvoniy H.dan song uning xalifalari sifatida muridlarning tarbiyasi bilan shugullanganlar. "Rutbat ul-hayot" "Hayot mezoni", "Kashf", "Ri-sola dar odobi tariqat", "Risola dar axloq va munojot" kabi asarlar yozgan. "Hayot mezoni" risolasi ozbek tilida nashr qilingan Toshkent, 2003. Xoki Bomiyondan Marv shahriga olib kelinib, qayta dafn etilgan. Abduxoliq Gijduvoniy, Farididin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy asarlarida H. haqida malumotlar bor.