ⓘ Husayni - xalq seleksiyasida yetishtirilgan ortapishar xoraki uzum navi. Vatani Orta Osiyo. Sharqiy eko-logik-geografik navlar guruhiga kiradi. Ozbekiston, Toji ..

Husayni madrasasi

Husayni madrasasi - Ozbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 1 qavatli madrasa inshooti. Ozbekiston moddiy va madaniy merosining kochmas mulk obektlari milliy royxatiga kiritilgan. Madrasani tiklash va tamirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga kora mablaglar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar tamirtalab ahvolda qolib ketgan.

                                     

ⓘ Husayni

Husayni - xalq seleksiyasida yetishtirilgan ortapishar xoraki uzum navi. Vatani Orta Osiyo. Sharqiy eko-logik-geografik navlar guruhiga kiradi. Ozbekiston, Tojikiston, Turk-maniston, Rossiyaning Stavropol olkasi va boshqa joylarda tarqalgan. Gu-jumlarining shakliga qarab bir necha xillarga bolinadi. Morchamiyon H., kelinbarmoq H., qizil H., londa H. xillari, ayniqsa kop tarqalgan. Tupi kuchli osadi. Bargi orta-cha, togarak, 3 - 5 bolmali. ortacha ker-tikli, usti silliq, mayin. Guli ikki jinsli. Uzumi avg sentabrda pishadi. Uzum boshi yirik, konussimon, sershingil, havol, ogirligi ortacha 300 - 350 g. Gujumi ortacha va yirik, tuxumsimon yoki pilindrsimon, posti yupqa, sargish-yashil, karsillaydi, sershira. Tarkibida 18 - 20% qand bor, nordonligi 2 - 3%. Osuv davri 153 kun. Hosildorligi 170 - 180 s/ga. Sovuqqa va qurgoqchilikka chidamsizroq. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi. Saqlashga, uzoq joylarga yuborishga chidamli. Ozbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan.