ⓘ Abaqa, Abaqaxon – elxon, hulo-kuiylardan bolgan Eron hukmdori. Eronga 1256 yil otasi Huloku bilan birga kelgan. Otasi vafotidan song elxon etib saylangan, lekin ..

                                     

ⓘ Abaqa

Abaqa, Abaqaxon – elxon, hulo-kuiylardan bolgan Eron hukmdori. Eronga 1256 yil otasi Huloku bilan birga kelgan. Otasi vafotidan song elxon etib saylangan, lekin ulug qoon Xubilay tomonidan faqat 5 yildan songgina tasdiqtangan. Misr mamluklari bilan olib borilgan urushni besa-mara davom ettirgan. 1266 yil A. Shimoliy dan Dashti Qipchoqdan boladigan hujumni qaytarish maqsadida Kura daryosining shim. qirgogida mudofaa devori bunyod etishga buyurgan; Kavkaz xalqlari uning vaziri Shamsiddin tomonidan 1278 yil tobe ettirilgan. Umumiy dushmanni bar-taraf qilish uchun A. mamluklarning dushmanlari bolgan yevropalik xristi-anlar bilan aloqa boglashga uringan; uning elchilari 1274 yil Lion, 1277 yil Rimda bolgan. Yevropada bu sayhara-katlar xursandchilik bilan qabul qilingan. A. Angliya qiroli Eduard I va papalar Klement IV, Grigoriy X va Nikolay III lardan noma olgan. A. 1265 yil yunon malikasiga uylangan. Biroq Misrga qarshi umumiy yurish amalga oshmagan. Mamluklar Kichik Osiyoning bir qis-mini qisqa muddatga bosib olishga erishganlar va Elbiston yonidagi jangda mogul qoshinyni tor-mor qilganlar. 1280 yil mogullar Suriyaga bosib kirib Halabni vayron etishgan. Biroq 1281 yil A.ning ukasi Mangu Temur Xama va Xims oraligida mamluklardan qattiq zarbaga uchragan. A. qoshinlari Sharqda aksincha muvaffa-qiyatli kurash olib borganlar. 1270 yil mamlakatga bostirib kirgan Baroq boshchiligidagi Chigatoy ulusi qoshinlari Hirot yaqinida tor-mor etilgan. Bunday bosqinlarga barham berish uchun A. 1273 yil Movarounnahrdagi tartibsizliklardan foydalanib Buxoro shahrini vayron qilishni buyurgan.