ⓘ Abu Bakr Shoshiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn al-Husayn ibn Umar al-Imom al-Kabir, Faxr ulislom – fiqhshunos. Fiqh ilmini Bagdodda Muhammad ibn Bayon alkazr ..

                                     

ⓘ Abu Bakr Shoshiy

Abu Bakr Shoshiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn al-Husayn ibn Umar al-Imom al-Kabir, Faxr ulislom – fiqhshunos. Fiqh ilmini Bagdodda Muhammad ibn Bayon alkazruvniy, Qozi Abu Mansur atTusiy, Shayx Abu Muhammad al-Juvayniy, Abu Nasr asSiboglardan organgan. Shayx Abu Ishoq Sheroziyning yaqin shogirdi bolgan, keyinchalik ulug imom darajasiga yetgan va Islom faxri sifatida el-yurt orasida shuhrat qozongan. A.B.Sh. Bagdoddagi "Nizomiya" madrasasida mudarrislik qilib, kop shogirdlar yetishtirgan.

Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy fiqh ilmi boyicha yetuk olimlardan hisoblanadi. Bu sohaga oid bir necha asarlar yozgan. Asarlari ichida eng mashhuri "Hilyat al-ulamo" "Olimlar ziynati". Fiqh ilmiga oid "Hilyat al-ulamo fi mazohibi al-fuqaho" "Faqihlar mazhablarida olimlar ziynati" asari mashhur. Asar xalifi Mustazhirvaf. 512/1119ga bagishlangan. Anu shu kitobi tufayli Abu Bakir Shoshiy "Mustazhiriy", yani Mustazhir tarafdori degan nom taratgan va koplab tarixiy manbalarda uning taxallusi yonida bir unvon sifatida qayd etilgan. Olim ushbu kitobiga sharh sifatida "al-Mutamad" "Ishonchli" asarini yozgan. Shuningdek, allomaning fiqhshunoslikka oid yana bir yirik asari "ash-Shofiy" "Shifo beruvchi" bolib, u arab olimi Abu Ibrohim Ismoil ibn Yahyo al-Muzaniy 791–878ning "al-Muxtasar" "Qisqacha" asari sharhiga oid. Ushbu sharh 20 jilddan iborat bolib, A.B.Sh. uni 5 yildavomida yozib tugatgan. Allomaning "Ash-Shofiya shahobchasining ustuni", "Taloqqa oid masala" kabi asarlari ham bolgan. A.B.Sh. arab adabiyoti, grammatikasi, sheriyati va tilshunosligi hamda Quron, hadis ilmlarini ham puxta egallagan. A.B.Shoshiy Bagdodda vafot etgan. Uning qabri "Bob al-Sheroz" maqbarasidagi ustozi mashhur shayx Abu Ishoq Sheroziyning qabri yonida.

                                     

1. Havolalar

  • I.Usmonov, Ilmiy maqolalar toplami. Tarix. 345 bet. Yosh olimlar ilmiy maqolalari toplami. Ozbekiston Respublikasi Oliy va Orta Talim Vazirligi Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti. 2014.