ⓘ Arab musiqasi – arablar musiqa madaniyati. Tarixiy ildizlari badaviy qabilalarning madaniy ananalari bilan bogliq. Qabila shoiri oz sherlarini qoshiq shaklida, ..

                                     

ⓘ Arab musiqasi

Arab musiqasi – arablar musiqa madaniyati. Tarixiy ildizlari badaviy qabilalarning madaniy ananalari bilan bogliq. Qabila shoiri oz sherlarini qoshiq shaklida, musiqiy ohanglarda ijro qilgan. Kop musiqaviy- sheriy janrlar kundalik hayotiymaishiy sharoit, oilaviy va diniy marosimlar bilan bogliq holda shakllangan: motam qoshiqlari – navx, marsiya, hajviy – hija, nasihat – hikma, diniy marosim qoshiqlari – saj. az-zar va boshqa Arab musiqasining mazkur eng oddiy turlari asosida 6-asr oxiri – 7-asr boshlarida shaklan murakkabroq, mavzu jihatidan boyroq aytim janrlari – nasb, sinad, hazaj, xanafi, ximyari, rukbani, hamriyat va boshqa vujudga kelgan.

Islomgacha bolgan Johiliya davri Arab musiqasi, asosan, "qiyan" deb atal-mish professional qoshiqchi ayollar ijodida rivojlandi. Bunda arab bolmagan ajam xalqlardan chiqqan qoshiqchilarning hissasi katta. 7-asr boshlarida Sosoniylar davlatining siyosiy va madaniy tasiri kuchayishi bilan Arabiston yarim orolda Markaziy Osiyo va Eron musiqiy ananalari keng tarqalgan. Musiqa ijrochiligida Arabiston, Markaziy Osiyo, Eron xalqlarining torli musiqa asboblari –mizhar, barbat, muvattar, tanbur, vann, rubob, kiron, chang sanj, puflama sozlari – nay, sur-nay, mizmar, urma cholgular – tab-la, dalib, daff, darabukka keng tarqalgan.

7-asrda arab qabilalarining birlashuvi, islom dinining qabul qilinishi va ilk arab davlati xalifalik yuzaga kelishi arab madaniyatining osishiga sabab bolgan. Azon aytish va Quronni tilovat qilish usullari ajam musiqa ijro yollarini boyitgan va, shuningdek, bu davr Arab musiqasi islom fath etgan mamlakatlar xalqlarining yuksak sana-tini ijodiy ozlashtirish asosida rivojlangan. Professional vokal janri – "gina al-mutqan" asoschilari Soib Xosir? – 683, Noshit Forsi 8-a, Tuvays? – 710, Ibn Misjax? – 715, Ibn Surayj 630-726, Jamila? – 720 va boshqa aslida Markaziy Osiyo va eronlik bolib, Arab musiqasi ga oz xalqlari musiqa sanati unsurlarini olib kirishgan.

9–11-asrlar arab madaniyati, xususan, musiqa yuksak darajaga erishdi. Markaziy Osiyo va Eron xalqlari amaliy musiqani va qadimgi yunon musiqa nazariyasini tanqidiy organish asosida buyuk mutafakkirlar Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Zayla, Abu Abdulloh Xorazmiy, "Sof birodarlar" "Ixvon ussafo" olimlar uyushmasi va boshqa arab tilida musiqa ilmining yuksak namunalarini yara-tishgan. Arab musiqasi fani va estetikasining ravnaq topishida 9-asr ortalarida Bagdodda tasis etilgan "Bayt ul-hikma" "Hikmat uyi" olimlarining tarjimonlik faoliyati ham katta rol oynadi.

Xurosonlik buyuk musiqachilar – Mansur Zalzal? – 701, ota-bola Ibrohim 742–804 va Ishoq 767– 850 Mavsili, sogdlik Allaveyh 9-asr, Ziryob 10-asr arab musiqasiga muhim hissa qoshgan. Arab musiqasi yangi sozlar bilan boyigan. Samarqandlik Xulays bin Axvas ixtiro etgan shohrud, Muso bin Shokir qurgan gidravlik organ arab. "argan rumiy", shohin, surnay musiqa amaliyotida keng qolla-nilgan. Professional janrlarni ijro etishda va ilmiy tajribalar otkazishda ud asosiy cholgu asbob bolib xizmat qilgan.

12-asr oxiri – 13-asr boshlarida Arab musiqasi On ikki maqom tizimi doirasida rivojlana boshladi. Keyingi davrda musulmon diniy musiqattg qoshiq janrlari – zikr, madh an-nabaviya va boshqa paydo bolgan. 19-asr ikkinchi yarmi – 20-asrda arab musiqachilari milliy musiqa ananalarini qayta tiklashni maqsad qilib qoydi. Shu davrda "taxta" ansambl-ijrochilik ananalari keng tarqaldi. Kop qismli cholgu janrlar – bashraf yoki peshrav, taq-sim, samoiy, tax-mila, longa, vokal-cholgu turkumlar – nuba, dor, muvashshax, lirik qoshiq janrlari – du-bayt, layali, mauvval yangicha dunyoviy mano kasb etdi.

20-asr boshlarida Yevropa simfonik va opera musiqasining ifodaviy vositalarini ijodiy ozlashtirishga intilish kuchaydi. Bu yonalishda, ayniqsa, misrlik kompozitorlar Said Darvesh 1892–1923, Yusuf Greyz 1899–1961 katta muvaffa-qiyatga erishdi. Simfonik musiqa ustalari Rifat Garai 1924 yilt. va Halim ad-Daba 1921 yilt. asarlari jahondagi kop konsert zallarida ijro etiladi. Misrlik mashhur ashulachi Umm Kulsum ijodida zamonaviy arab qoshiqchiligi yuksak pogonaga kotarildi. Deyarli barcha arab mamlakatlarida orta va oliy musiqa oquv yurtlari dasturlariga ham milliy, ham Yevropa musiqa sanatini organish maqsad qilib qoyilgan. Arab musiqasi masalalari uning ananalarini saqlash va rivojlantirish vazifalariga bagishlangan qator xalqaro ilmiy kongresslar otkazilgan.

Ad.:Ep Said Mohamed Avad xavas, Sovremsnnaya arabskaya narodnaya pesnya, M., 1970; Yeolyan N., Ocherki arabskoy muzgki. M "1977.

Abdumannon Nazarov