ⓘ Tuekta qorgonlari - Pozirik madaniyatiga xos qad. mozorqorgon. Oltoy olkasidagi Ursul daryosi sol sohilida, Tuekta qishlogi yonida joylashgan. 1954 y. S.I.Ruden ..

                                     

ⓘ Tuekta qorgonlari

Tuekta qorgonlari - Pozirik madaniyatiga xos qad. mozorqorgon. Oltoy olkasidagi Ursul daryosi sol sohilida, Tuekta qishlogi yonida joylashgan. 1954 y. S.I.Rudenko qazishma ishlari otkazgan. 2 ta mozorqorgon tadqiq qilingan. 1-Tuekta qorgoni katta bolib diametri 68 m, bal. 4 m ni tashkil etgan; uni bunyod etishga taxminan 6 ming m tosh sarflangan. Qorgondan topilgan sarqofa tilogoch darax-tidan qilingan bolib. uz. 4.25 m ni tashkil etgan.

Sarqofa qopqogiga yolbarslar tasviri va vergul, uchburchak korinishidagi naqshlar tushirilgan. Qorgon qad. zamonlardayoq talangan, oltin va kumush buyumlar ogirlangan. Sarqofadagi erkak jasadidan hatto kiyimini ham yechib olishgan. Topilmalar ichida paykonlar, qilich va xanjar, qalqon parchalari diqqatga sazovor. Mayyit bilan 8 ta ot qoshib komilgan. Ularning egarjabduqlari bugular, loslar, yolbarslar, grifonlarni tasvirlovchi naqshinkor yogoch taqinchoqlar bilan bezatilgan. 2-Tuekta qorgoni diametri 32 m, bal. 2.6 m. U ham qad.da talangan. Qabrda ayol dafn etilgan sarqofa qoldiqlari saqlangan. Sarqofada kiyiklarning naqshinkor tasviri, ayol kiyimi par-chalari, 8 ta otning yogochdan ishlangan bezaklari saqlangan.