ⓘ Farzinxon hofiz, Farzin bek - xonanda, sozanda. Dastlab Toshkent toy-tomoshalarida, Sharqiya kechalarida ishti-rok etib, keyinchalik Isfara, Osh, Turkiston va b ..

                                     

ⓘ Farzinxon hofiz

Farzinxon hofiz, Farzin bek - xonanda, sozanda. Dastlab Toshkent toy-tomoshalarida, "Sharqiya" kechalarida ishti-rok etib, keyinchalik Isfara, Osh, Turkiston va boshqa joylarda bolib otadigan sayillarda, qoshiq bellashuvlarida qatnashgan, ozining keng dia-pazonli, yoqimli va shirador ovozi, dardli, his-tuygularga boy ijro uslubi bilan shuhrat qozongan. Muqimiy unga hofizlarning "beki" sifatida nisbat bergan, Furqat Farzinxon hofiz ismini oz sherlarida tilga olgan:"Korarsan anda Farzinxon degonni. Menga bir oshnoyi mehribonni."Farzinxon hofiz repertuaridan Fargona - Toshkent maqom yollari, katta ashulalar va ozi bastalagan ashulalar orin olgan. U, shuningdek, Xaziniy, Vijdiy, Yassaviy va boshqalarning sherlariga aytiladigan diniy ashulalar bilan dovrug taratgan, "Natchi" tarifiga sazovor bolgan. Farzinxon hofiz ijrosidagi ashulalar 20-asr boshida grammofon plastinkasiga yozib olingan. Uning ijro ananalari kopgina hofizlar ijodiga tasir etgan. Bahriddin Nasriddinov.