ⓘ Xonadon xojaligi - oz istemolini birgalikda qondirish yolida pul daromadlari va moddiy mablaglarini ixtiyoriy ravishda birlashtirgan, > y rozgori umumiy bolg ..

                                     

ⓘ Xonadon xojaligi

Xonadon xojaligi - oz istemolini birgalikda qondirish yolida pul daromadlari va moddiy mablaglarini ixtiyoriy ravishda birlashtirgan, > y rozgori umumiy bolgan kishilar gu-ruhi. Xonadon xojaligi oila asosida tashkil topadi. Biroq u oila azosi bolmagan kishilarni, chunonchi oilasi yoqtarni, xonadonda yashovchi xizmatchilar, enagalar, murabbiylar, uy oqituvchilari va tarbiyachilarni ham oz ichita oladi. Bir ozi mustaqil yashaydigan soqqabosh kishilar ham Xonadon xojaligini tashkil etadi. Xonadon xojaligining asosiy belgilari xona-don azolari byudjetining umumiyligi, rozgorining bir bolishi, doimiy birga yashashi va ovqatlanishi. Xonadon xojaligi xalqaro statistikada qabul qilingan muhim statistik birlik hisoblanadi.

Xonadon xojaligi turli mezonlarga qarab guruhlashtiriladi. Ijtimoiy-demografik mezonga kora - soqqaboshlar xonadoni, bir oilali xonadon, kop oilali xona-don, oila azolaridan tashqari begonalarni ham birlashtiruvchi xonadonlarga; ijtimoiy ahvoli mezoniga kora - ishchi, xizmatchi, dehqon, tadbirkor va pensionerlar xonadonlariga; daromadi miqdori mezoniga kora - ota kambagallar, kambagallar, orta hollar, boylar va ota boylar xonadonlariga bolinadi.

Xonadon xojaligi firmalarga bozor orqali turly resurslarni, chunonchi mehnat resurslari, moliya resurslari va kapital resurslarni yetkazib beradi, firmalardan esa tovar va xizmatlarni sotib oladi, davlat korsatadigan ijtimoiy, yani bepul xizmatlardan foydalanadi.

Xonadon xojaligi iqtisodiyotda soliq tolash, iste-molchi bolish va jamgarma hosil etishdek vazifalarni bajaradi. Bulardan asosiysi istemolchi bolishdir. Xonadon ahli davlatga togri va efi soliqlarni tolaydi, bu esa byudjet uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi. Kopchilik mamlakatlarda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning yarmidan kopi Xonadon xojaligida istemol etiladi 2003 y. Ozbekistondagi Xonadon xojaligi istemoliga yalpi ichki mahsu-lotning 58.6% togri keldi.

Ozbekistonda Xonadon xojaligi daromad manbalari mehnatdan va mol-mulkdan, tadbirkorlikdan olingan va davlat transfertlaridan, tomorqa daromadidan iborat. Bular amaliyotda ish haqi, foyda, foiz, dvidend, ijara haqi, tomorqadan tushum, pensiya, nafaqa va stipendiya kabilardan iborat boladi. Daromadlarning asosiy qismi istemolga yonaltiriladi. 2003 yilda Ozbekistonda bir ortacha xonadonga hisoblangan istemol sarfi 1.1 mln. somni tashkil etdi.

Biroq Xonadon xojaligi istemolining bir qismi natural moddiy shaklga ega boladi, yani xonadonlar ozi ishlab chiqargan oziq-ovqat mahsulotlarini ozlari istemol etadilar. Natural istemol kopincha dehqonlar va fermerlar xonadoniga xos boladi. Ozbekiston xonadonlari natural istemol hissasining kattaligi bilan tavsiflanadi 20 - 25%. Xonadon xojaligi istemolining hajmi uning topgan pul daromadiga, natural tushumlar miqdoriga, xonadondagi ishlovchilar daromadiga ega bolganlar va boqimandalar qaramogdagilar soniga bogliq.

Xonadonning istemol xarajatlari demografik tarkibdan tashqari uning daromad manbalariga, qaysi toifaga mansubligiga ham bogliq. Istemolning miqdori va tarkibi jihatdan Xonadon xojaligi quyidagicha tartiblanadi: tadbirkorlar, xizmatchilar, ishchilar, dehqonlar va pensionerlar xonadonlari.

Xonadon xojaligi istemolining tarkiban farqlanishi hududiy iqtisodiy salohiyatga qarab daromadlarning farqlanishi, kasbkor, yashash sharoiti va turmush tarzining har xil bolishga ham bogliq. Xonadon xojaligi istemoli bozor hajmini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi, uning tovar bozoridagi talabi jami talabning 50 - 60% ni tashkil etadi. Istemol uchun Xonadon xojaligi xaridining ortib borishi iqtisodiyot uchun ijobiy holat hisoblanadi.

Xonadon xojaligi istemoli 2 xil gavsifga ega. Biri istemolning mutlaq hajmi, yani istemolga hammasi bolib qancha pul ketishi. Ikkinchisi, iste-molning nisbiy jihati, yani istemol sarfi daromadning qanday qismiga teng bolishi istemolga moyillik koeffitsiyentini - Ik. Buni aniqlash uchun jami istemol sarflari Is daromad D bilan taqqoslanadi bilan olchanadiKj = d-. Bu jamgarish J daromadning D qanday qismiga tengligini bildiradi. Jamgarishga moy-illik ortsa bu korsatkich 0.1 dan kop, agar aksi.yuz bersa u 0.1 dan kam boladi.

Ozbekistonda Xonadon xojaligilarining jamgarishga moyillik koeffitsiyenti 2001 y. 0.53 bolsa, 2004 y. kelib 0.153 yetdi. Xonadon xojaligi jamgarmasi 2 qismga ajraladi: investiiiyalangan va investitsiyalanmagan jamgarma. Xonadon xojaligi inventitsiyasi moddiy va moliyaviy aktivlar hosil etishga yonaltiriladi. Birinchi holda xonadon biznesda moddiy *kapital hosil etiladi, yani imoratlar quriladi yoki ijaraga olinadi, asbob-uskuna, turli ashyolar xarid qilinadi. Dehqon xonadonida bu mahsuldor hayvonlarni kopaytirish, xojalik obyektlarini qurishga pul sarflashdan iborat bolib, noistemol tavsifidagi xara-jatlarni yuzaga keltiradi. Ikkinchi holda xonadon puli bankda jamgariladi, aksiya va obligatsiya olishga sarflanadi. 2003 yilda Ozbekistondagi Xonadon xojaligilaridan chiqqan aksiya egalari 1.2 mln. nafar bolib, xonadon axlining 4% ni tashkil etdi. Investipion faollik oshgan yerda Xonadon xojaligi qolidagi umuman aktiv hosil etmandigan pul qoldigi qisqarib boradi. Ozbekistonda bunday pullar 2001 yilda Xonadon xojaligi daroma-dining 3% ni, 2004 yilga kelib 1% ni tashkil etdi.

Xonadon xojaligining investitsiya faolligi mamlakatning iqtisodny garaqqiyoti darajasiga va investitsiyalarda muqobil tanlovning borligiga bogliq. Shu sababli iqtisodiyot rivojlangan joyda Xonadon xojaligining jami investitsiyalardagi hissasi ortib boradi. Ayni payda Xonadon xojaligi istemoli hajmi katta bolganidan bu milliy bozorni kengaytirib, iqtisodiy osish uchun qulay sharoit hozirlaydi.

Hojimurod Ahmadjonov.