ⓘ Tasviriy sanat - rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanat turi; voqelikni uning osongina ilgab olinadigan fazoviy shakllarda korgazmali ..

                                     

ⓘ Tasviriy sanat

Tasviriy sanat - rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanat turi; voqelikni uning osongina ilgab olinadigan fazoviy shakllarda korgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanat turlari oz xususiyatlariga qarab real borlikni obyektiv mavjud sifatlari - hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va ozgarishlari xissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga. otish mumkin. Tasviriy sanat faqat korish mumkin bolgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi, erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni goyaviy ozlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy sanat insonning ruhiy kiyofasini, uning ozgalar bilan ozaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Bazan mavjud bolmagan, rassom tasavvurining mahsuli bolgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki uning goyaviy mohiyati, siyosiy, falsafiy, estetik va etik goyalari ham Tasviriy sanatning mazmuniga aylanadi. Tasviriy sanat obrazlarining korgazmaliligi rassomga hayotning muayyan hodisasiga oz munosabatini yuksak darajada ifodalashiga imkon beradi; shu tufayli hayotni bilishning faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, malum tizimning ommaviy ongini qaror topishida muxim rol oynaydi. Olamni bilishning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy ongni shakllantiradi hamda xalq orzuumidlarini ifodalash shakli sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy sharoitda umumgoyaviy kurashlarning bir bolagi sifatida namoyon boladi.

Insoniyatning mehnat faoliyati, etiqodlari, diniy qarashlari zaminida Tasviriy sanat paydo bolgan va rivojlangan. Qad. tosh asrining ilk bosqichidayoq inson oz ehtiyoji uchun zarur bolgan buyumlarni yaratish, libos, turar joylar tayyorlash jarayonida qulaylik, maqsadga muvofiqlik tushunchalari rivojlanib, ritm, simmetriya hissi ortdi. Marxumlar bilan vidolashuv, dafn marosimlarida marxumlar qabriga turli buyumlar koyish odatlarida Tasviriy sanatning fazoviy fikr yuritish, fazoviylik, kenglik, olam tushuncha va tasavvurlari shakllanib bordi. Tosh, suyak, keyinchalik sopoldan ishlangan turli shakl va haykallarda, qoyatoshlarga, gor devorlariga chizilgan, rangda ishlangan rasmlarda ibtidoiy insonning mehnat faoliyati, dunyo, borliq haqidagi oyxayollari, ozga dunyo togrisidagi tasavvurlari mujassamlashgan qarang Ibtidoiy sanat.

Ijtimoiy jamoa tuzumining inqirozi hamda mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralishi Tasviriy sanat rivojida muhim orinni egallaydi. Tasviriy sanat inson faoliyatining malum sohasiga aylanib davr ruhiyati, uning siyosiy, manaviy va nihoyat estetik qarashlarini aks ettiruvchi manbaga aylandi. Qad. Sharq mamlakatlarida, jumladan Qad. Misrda Tasviriy sanat insonning dunyo, borliq togrisidagi tushuncha va tasavvurlarini, xudolar darajasiga kotarilgan firavnlarni uluglash quroliga aylandi. Yunonistonda Tasviriy sanat jamiyatning erkin fuqarosiga qaratilgan va antik mifologiyaning goyalarini plastik moddiylashtirilgan korinishida kamol topdi, Qad. Rim realizmida murakkab inson jismi namoyon boddi.

Insoniyat sivilizatsiyasining muhim ochoqlaridan hisoblangan Orta Osiyo, uning ajralmas qismi Ozbekiston hududida ham Tasviriy sanat ijtimoiy hayotda muhim orin egallab, davr hamda inson tafakkuridagi nozik ozgarishlarni ozida aks ettiradi. Zarautsoy rasmlari, Xorazm, Sugd, Baqtriya mahobatli haykal va rangtasvirlari shuning dalilidir.

Orta asrlar Tasviriy sanati uslub jihatidan rangbarang, turlari keng va xilmaxil, bu davrda mahobatli haykaltaroshlikning nodir namunalari yuzaga keldi. Hindiston, Indoneziya, HindiXitoy olkalarida betakror haykaltaroshlik asarlari yaratildi. Orta Sharq mamlakatlarida miniatyuraning oziga xos turi yaratilgan bolsa, Orta asr Yevropa madaniyatida haykaltaroshlik va rassomlik diniy etiqod va dunyoqarashlar zaminida oziga xos yonalish va, mazmun kashf etdi, ikona sanati ravnaq topdi. Roman uslubi va gotikaaa barpo etilgan memoriy obidalarda sanatlar sintezining ajoyib namunalari yaratildi.

13 - 16-asrlar Tasviriy sanatida dunyoviy mavzu va qarashlarning kuchayib borishi tasvirlarda borlikda mavjud shakl va korinishlarning ortishi bilan belgilanadi. Shu harakat va taraqqiyotda Tasviriy sanatning qonunqoidalarini ilmiy asosda organishga qiziqish ortdi. Optika, anatomiya, perspektiva, nursoya nazariyasiga oid muhim tadqiqotlar qilindi. Moyboyoq texnikasi mukammallashdi, ijodkorlar antik sanat ananalariga tayangan holda Uygonish davri insonparvarlik goyalarini moddiylashtirishga harakat qildilar.

17 - 19-asrlarda Tasviriy sanat uslub jihatidan rangbarang, milliy mahalliy maktablar rivoji bilan sanat olamining kengayishi boshlandi. Bu davrda, ayniqsa, monumental sanat ozining haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi, rassomlar, memorlar, haykaltaroshlar, hunarmandlar sanatlar sintezining ajoyib namunalarini yaratdilar. Bu yutuklarda rassom va haykaltaroshlarning orni aloxdda. Tasviriy sanat tur va janrlari kopaydi, realistik yonalishdagi janrlar yetakchi oringa chiqa boshladi. Uygonish davri Tasviriy sanatiga xos bolgan vazminlik, chiziq, rang, faktura mutanosibligi ornini joshqin shakl va ranglar oyini egallab bezakdorlik xususiyatlarining ortishi kabilar kuzatiladi. 17-asrdan Tasviriy sanatda klassitsizm yonalishi hukm surgani holda borliqni oziga oxshash shakllarda aks ettiruvchi asarlar yaratilishi ortib bordi. Akademik talim tizimining yolga qoyilishi prof. sanat maktablarining taraqqiyotini taminladi. Mumtoz klassik realistik akademik sanat uslublaridan chekinish, noananaviy uslublar izlashga intilish boshlandi. Bu hol impressionizm, postimpressionizm va boshqa uslublarning shakllanishi va rivojlanishida oz ifodasini topdi.

20-asr Tasviriy sanati murakkab va ziddiyatli. Bir tomonda klassik realistik sanatning talab va uslublari saklangani holda uni ifodaviyligiga etibor qaratilishida, ishlangan har bir obrazni chuqur majoziy mazmunlar bilan toldirishga intilish kuzatilsa, aksincha noananaviy Tasviriy sanat uslubida yangi ifoda va tasvir vositalarini topishga, butunlay yangicha sanat yaratishga intilish xarakati kuchliligi namoyon bolmoqda.

Ozbekiston Tasviriy sanat i jahon hamjamiyatida sodir bolayotgan jarayonlar bilan hamnafas bolib, gar bir ijodkor oz qarash va kechinmalarini yangicha uslub va shakllarda ifoda etishga intilishi bilan xarakterlanadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrida Ozbekiston tasviriy sanati galereyasi barpo etilib 2004 i. avgust oyida ochildi.

Nemat Abdullayev.