ⓘ KULOBA - skiflar sardorining mo-zorqorgoni. Kerch yaqinida ochilgan. Tepalik tagida yunon andazasida qurilgan tosh daxma bolgan, u lekin skifcha udumda dafn qil ..

                                     

ⓘ Kuloba

KULOBA - skiflar sardorining mo-zorqorgoni. Kerch yaqinida ochilgan. Tepalik tagida yunon andazasida qurilgan tosh daxma bolgan, u lekin skifcha udumda dafn qilingan. Mayyit yogoch tobutda, kiyimda, tilla bezaklar tikilgan bosh kiyimda, boynida - uchida otliq skiflar shakli yasalgan oltin taqinchoq, qollarida - oltin bilagozuk bilan komilgan. Qurolaslaha mayyit yonida va maxsus yashirin joylarga qoyilgan. Fil suya-gi bilan bezatilgan boshqa sarqofada boy126KULOLLIKKuloba: 1. Oltin koza. 2. Oltin kozadagi skiflar tasviri. 3. Oltindan ishlangan boyin taqinchoq uchidagi otliq skiflar shakli.ayol komilgan. U mayyitga atab qurbonlik qilingan xotini yoki chorisi bolishi mumkin. Marosim liboslaridagi oltin bezaklar yunon zargarlarining ajoy-ib buyumlaridan hisoblanadi. Qabrdan skiflarning jangdan keyingi tasvirlari tushirilgan idish va dastasi xay-von tasvirlari vaqqoshligi uslubida bezatilgan skiflarning jez oyvasi ham topilgan. Tobutning jan. devorida erkak kishi komilgan, u xojayini olimidan song oldirilgan xizmatqori yoki quli bolishi mumkin. Qabrda vino solingan koza, gosht solingan jez qozonlar, jez va kumush idishlar ham koyilgan. Qorgon Quyi Dneprboyidagi "podsho mozorqorgonlari" ga yaqin turadi.