ⓘ Garbiy frontda hech qanday ozgarish yoq - Erich Maria Remarquening, 1929-yilda nashr etilgan mashhur asari. Bu roman, yosh askar Paul Boymer va uning ulfatlari ..

                                     

ⓘ Garbiy frontda hech qanday ozgarish yoq

"Garbiy frontda hech qanday ozgarish yoq" - Erich Maria Remarquening, 1929-yilda nashr etilgan mashhur asari. Bu roman, yosh askar Paul Boymer va uning ulfatlari frontdagi hayoti va barcha korgan narsalari haqida hikoya qiladi. Remark, Ernest Hemingway kabi, "yoqotilgan avlod" tushunchasini qollagan. U Urushda olingan ruhiy shikastlanish sababli yosh odamlar, urushdan songgi hayotda oz joyini topa olmaganlarini tasvirlab bergan. Urushdagi voqealar oddiy askar hayoti timsolida tasvirlanadi.

                                     

1. Asosiy qahramonlar

  • Kantorek - Paul, Leyer, Myuller, Kropp, Kemmerix va Bemlarning sinf rahbari. Urushning ashaddiy tarafdori. U barcha oquvchilarini urushga borishga undaydi. Keyinchalik ozi ham kongilli askarlikka yoziladi. Keyingi taqdiri aniq emas.
  • Albert Kropp - Paulning sinfdoshi. Oyogini yoqotadi. Urushdan qaytganlardan biri.
  • Iozef Bem - Paulning sinfdoshi. Sinfdoshlardan faqat u armiyaga borishni hoxlamagan. Lekin sinf raxbari va yaqinlari tasiri ostida armiyaga yoziladi. Bem birinchilardan bolib xalok boladi.
  • Leyer - Paulning sinfdoshi. Urushda yaralanadi va kop qon yoqotib xalok boladi.
  • Tyaden - Paulning dosti. Rotadagi eng yebtoymas askar. Urushda tirik qoladi. Uning urushdan keyingi hayoti "Qaytish" romanida hikoya qilinadi.
  • Frans Kemmerix - Paulning sinfdoshi. Jiddiy shikastlanadi va buning natijasida oyogi kesib tashlanadi. Operatsiyadan bir necha kun otgach vafot etadi.
  • Ximmelshtos - Boymer dostlari bilan harbiy tayyorgarlik korgan bolimning boshligi. Ularning kazarmalarida eng vaxshiy zulmkor hisoblangan va bu bilan faxrlangan. Kropp, Tyaden, Boymer va Vestxuslarga oziga xos beshavqat munosabatda bolgan. Keyinchalik frontga, Paulning rotasiga yuboriladi. U yerda oz aybini yuvishga harakat qiladi.
  • Iozef Xamaxer - Paul Boymer va Albert Kropp vaqtinchalik joylashgan katolik gospitaldagi bemorlardan biri. U boshidan lat yegan. Buning natijasida, vaqti-vaqti bilan nima qilayotganini bilmay qolishi mumkin degan guvohnoma olgan. Lekin, Xamaxer ruhan mutlaqo sog, va guvohnomani oz manfaatlarida qollaydi.
  • Bertink - Rota boshligi. Qaramlariga yaxshi muomalada. Rotani otsochardan qutqarayotganida kokragidan yaralanadi. Vafot etadi.
  • Stanislav Katchinskiy Kat - Boymer bilan bir rotada bolgan. Katchinskiy misolida katta yoshli va yosh askarlar ortasidagi farq yaxshi korinadi. Katta yoshli askarlar ulkan hayotiy tajribaga ega, yoshlar uchun esa urush ularning butun hayoti. Oyogidan yaralanadi. Paul uni sanitarlarga yetkazishga ulguradi, lekin yolda Kat boshidan yaralanadi va vafot etadi.
  • Detering - Paulning dosti. Dehqon, u faqat ozining xotini va xojaligini oylaydi. Olmoniyaga qochadi, lekin tutiladi. Keyingi taqdiri aniq emas.
  • Xaye Vestxus - Paulning dosti. Baland boyli, kuchli, buncha aqlli emas, lekin yaxshi xazil mutoyibaga ega. Urushda tanasining orqa qismi shikastlanadi va u vafot etadi.
  • Myuller Beshinchi - Paulning sinfdoshi. Urushdan song imtiyozli imtixonlarni topshirishni orzu qiladi. Urushda xalok boladi.
  • Paul Boymer - bosh qahramon. 19 yoshida ixtiyoriy ravishda nemis armiyasiga chaqirilgan va garbiy frontga yuborilgan. 1918 yilning oktabrida vafot etadi.
                                     

2. Ekranlashtirilishi

Asar bir necha bor ekranlashtirilgan.

  • 1975 yilda sovet yozuvchisi Nikolay Brikin Birinchi jahon urushi haqida "Sharqiy frontda ozgarishlar" nomli kitob yozgan.
  • 1979 yilda Delbert Mann Garbiy frontda hech qanday ozgarish yoq filmining televizion talqinini olgan.
  • Rejisser Louis Milestonening Garbiy frontda hech qanday ozgarish yoq 1930 filmi Oscarga sazovor bolgan.
  • 1983 yilda mashhur bastakor Elton John urushga qarshi bolgan nomdosh qoshiqni yozgan.