ⓘ Kseniya Grigoreva. Grigoreva Kseniya Igorevna - 1987-yil 25-noyabr kuni Toshkent shahrida tugilgan. 2003-yildan tog changisi boyicha Ozbekiston terma jamoasi az ..

                                     

ⓘ Kseniya Grigoreva

Grigoreva Kseniya Igorevna - 1987-yil 25-noyabr kuni Toshkent shahrida tugilgan. 2003-yildan tog changisi boyicha Ozbekiston terma jamoasi azosi. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Tajribali sportchi Germaniya, Qozogiston, Koreya, Eron kabi koplab davlatlarda otkazilgan xalqaro turnirlarda Ozbekiston sharafini himoya qilib, sovrindorlar safidan orin egallagan.

Kseniya Grigoreva 2010-yil Vankuver shahri "Kanadada bolib otgan XXI qishki Olimpiada oyinlarida slalom gigant boyicha otkazilgan musobaqalarda ishtirok etgan. 2011 va 2013-yillarda otkazilgan jahon chempionati qatnashchisi. 2011-yili Qozogistonda otkazilgan qishki Osiyo oyinlarida 4-orinni band etgan.

Sochi-2014 qishki Olimpiada oyinlari yollanmasiga 2013 yilning avgust - sentyabr oylari Yangi Zelandiyada otkazilgan musobaqada sazovor boldi va bolajak musobaqaga Italiya, Avstriya, Shveysariya kabi davlatlarda tashkil etilgan oquv-mashgulot yiginlari orqali xozirlik kordi.

Kseniya Grigoreva 2014 Qishki olimpiya oyinlaridagi ishtirokini 18-fevral kuni tog changisining slalom yonalishi boyicha otkaziladigan bahslar orqali boshlaydi Musobaqa Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi.