ⓘ Bugdoydoshlar ..

Ajriq

Ajriq Pers) – boshoqdoshlarga mansub kop yillik ildizpoyali begona ot. Barglari lentasimon, dagal, chetlari otkir-gidirish. 3–8 boshoqsimon shoxchalardan iborat topguli poya uchida joylashgan. Mevasi – doncha. Iyundan to kech kuzgacha gullab meva tugadi. Asosan ildizpoyasi, qisman urugi yordamida kopayadi. Yer osti ildizpoyalari gorizon-tal yoki qiyshiq joylashgan novdalar hosil qiladi. Bu novda bogimlaridan yer ustiga osimtalar osib chiqadi. Shuning-dek, yer ustiga chiqqan novda bogimlarida iddiz rivojlanadi va barg qoltigidan gul beruvchi poya osadi. Ozbekistonda A. hamma yerda tarqalgan ...

Arpa

Arpa – galladoshlar oilasiga mansub bir va kop yillik otsimon osimliklar turkumi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi ma’lum. Dehqonchilikda A. Orta Osiyo da miloddan avvalgi 12– 10-ming yilliqdan ekib kelinadi. Vatani Old Osiyo. Ekma A. jahondagi kopgina mamlakatlarda yetishtiriladi. Biologik xususiyatlariga kora, A. bahori va kuzgi turlarga bolinadi. A. ildiz toplami popuksimon: asosiy ildiz haydalma qatlamda rivojlanadi. Poyasi poxolpoya, 4 – 6 ta bogimli, boyi 30 – 35 sm dan 130 – 134 sm gacha. Bargi barg plastinkasi, barg qini, tilcha va quloqchalardan iborat, boshqa galla osimlik ...

Arpagon

Arpagon – bugdoydoshlar oilasiga mansub bir yillik osimliklar turkumi. Poyasi silliq, tuksiz, boyi 4 – 25 sm. Bargining eni 3–4 mm, tukli. Boshogi tuxumsimon, uz. 1.5 – 3 sm, eni 0.9 – 2 sm. Boshoqchasi 3 – 5 gulli. A. aprel – may oylarida gullab, meva beradi. Asosan, qumloq va mayda toshli tog yon bagirlarida osadi. Ozbekistonning barcha viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpogistonda uchraydi. A. – bahorgi eng yaxshi yemxashak osimligi. Uning tarkibida 12 – 14% gacha prote-in va 24 – 27% kletchatka boladi. A.ni hammaqishloq xojaligi hayvonlari yeydi.

Itqonoq

Itqonoq - boshoqdoshlarga mansub bir yillik va kop yillik ot osimliklar turkumi, begona ot. Aksariyat tropik va subtropiklarda tarqalgan. 120 dan ortiq turi bor. Bittabitta yoki bir nechtasi top bolib osuvchi silliq poyasi 20 - 80 sm, faqat topguliga yaqin joyigina gidirish. Barglari nashtarsimon, usti va chetlari gadir-budir, barg asosi uzun tuklar bilan qoplangan. Topguli boshoqsimon, iyul - sent. oylarida gullab, meva beradi. Uruglari sent. oxirida pishadi. Bir osimlik 5 - 10 mingtagacha urug beradi. Uruglari kelgusi yili bahorda una boshlaydi. I.ning ildiz siste-masi juda kuchli rivojl ...

Joxori

Joxori - galladoshlar oilasiga mansub bir va kop yillik osimliklar turkumi, don va yem-xashak ekini. J.ning 50 ga yaqin yovvoyi va madaniy turi bor. Donli J., shirin J., durra, supurgi J., otsimon J. kabi bir yillik turlari koproq ekiladi. Vatani - Mar-kaziy Afrika. Miloddan avvalgi 4 - 3-ming yillikdan beri ekib kelinadi. Eron, Hindiston, Xitoy, AQShda va Afrika, Okeaniya, Avstraliya, Orta Osiyo, Ukraina jan.da ekiladi. Jahon boyicha J. ekin maydonlari 43.6 mln.ga dan ortiq, yalpi hosili 68.2 mln. t, hosildorligi 14.4 s/ga. Ozbekistonda ekin maydoni 9 ming ga. J.ning ildiz tarmogi popuk i ...

Kurmak

Kurmak - boshoqdoshlar oilasiga mansub begona ot turkumi; uning 2 turi - sholisimon K. va qora K. turlari mavjud. Bu 2 tur bir yillik begona ot, boyi 50 - 150 sm, poyasi tik osadi, silindrsimon, bogimli, bogim oralari govak, barglari oddiy, barg bandi uzun tukchalar bilan qoplangan, poyada gilof hosil qilib ornashadi. Gullari mayda, rangsiz, gulqorgoni yoq, topgullari rovak, sota, boshoq va panjasimon tuzilgan boladi. Devkurmak Uzoq Sharq, Orta Osiyoda sholi ekinzorlarida osadi, sholi bilan barobar yetiladi. Doni tariqdan yirik, urugini sholidan ajratib olish qiyin. Shamak esa, chol, adir, ...

                                     

Mushukquyruq

Mushukquyruq - bugdoydoshlar oilasiga mansub kop yillik, bazan bir yillik osimliklar turkumi. Boshoqlari bir gulli; mevasi - gul qipigi bilan birga tokiladigan doncha. 50 ga yaqin turi malum. Ikkala yarim sharning motadil va sovuq iqlimli mintaqalarida, tropik togli rayonlarda osadi. Kopchiligidan yem-xashak tayyorlanadi. Orta Osiyoda yaylov mushuk quyrugi vaxuppak kop tarqalgan.

                                     

Rovakot

Rovakot - bugdoydoshlar oilasiga mansub kop yillik otlar turkumi. Yer yuzida 150 ga yaqin turi bor. Orta Osiyoda 16, Ozbekistonda 3 turi usadi. R. ormonlarda, chol va adirlarda, dare va soy sohillarida tarqalgan. Hamma turidan yemxashak tayyorlanadi.

                                     

Shorajriq

Shorajriq - bugdoydoshlar oilasiga mansub kop yyllik ildizpoyali ot. Poyalari yer bagirlab osadi. Barglari ingichka qalami, yassi. Topguli boshoqsimon rovakdan iborat. Boshoqchalari 5 - 6 gulli, changisi 2 ta, urugchisi patsimon. Iyun - avg.da gullab, meva beradi. Tekisliklardagi sho^xoklarda shorlangan qumlarda osadi. Ozbekistonning barcha viloyatlarida tarqalgan. Sifatli yemxashak beradi.

                                     

Tilqiyar

Tilqiyar - bugdoydoshlar ga mansub kop yillik otlar turkumi. Yer yuzida 15 turi, Ozbekistonda bir turi tarqalgan. Asosan, motadil va sovuq iklimli yerlardagi sernam ormonlarda uchraydi. Topguli - rovak. May - iyunda gullab meva tugadi. T. tarkibida kumarin moddasi bor. T. ekstrakti vino va boshqa ichimliklar tayyorlashda ishlatiladi.

                                     

Yettibogim

Yettibogim - bugdoydoshlar oilasiga mansub bir yillik ot. Poyasi tuksiz, bogimlaridan egilgan. Bargi dagal, tuksiz yoki siyrak tukli. Boshogi silindrsimon, uz. 7 - 12 sm. Boshokchalari 7 - 12 ta, boshoqpoyaga bittadan joylashgan. May - iyunda gullab, urug beradi. Ozbekistonning chol va adir zonalaridagi boz tuproqda kop osadi, ekin maidonlarining chekkalarida ham uchraydi. Boshoqlaguncha mollar yaxshi yeydi.