ⓘ Elektron raqamli imzo - Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus ozgartirish nat ..

                                     

ⓘ Elektron raqamli imzo

Elektron raqamli imzo - Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus ozgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogoz hujjatga shaxsan qoyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron malumotlarni kriptografik ozgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo malumotlar blokiga qoshib qoyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va malumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari royxatga olish markazlari tomonidan beriladi.