ⓘ Elektron hukumat - Barcha ham ichki, ham tashqi aloqalar va jarayonlar majmuasi bolib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va tami ..

                                     

ⓘ Elektron hukumat

Elektron hukumat - Barcha ham "ichki", ham "tashqi" aloqalar va jarayonlar majmuasi bolib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boginlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar korsatish, osha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. "Elektron hukumat" tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo bolgan, lekin amaliyotga songgi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar shugullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi ;- hukumat - biznes ;- hukumat - hukumat.Ozbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga kora, u ikki ozaro boglangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi ozaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar va tashkilotlar bilan ozaro ishlashini taminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.

                                     

1. Havolalar

  • Юрасов. А. В. Основы электронной коммерции. Учебник для вузов М.:Горячая линия-Телеком, 2008. - 480с.
  • Центр технологий "электронного правительства" OPEN-Government Arxivlandi 2013-12-25Wayback Machine saytida.
  • Портал электронного правительства Республики Казахстан
  • Международная конференция "Современные технологии государственного управления е-Government"
  • Сайт электронного правительства: Экспертная сеть по вопросам государственного управления ГосБук.
  • Проблема неоднозначности определения термина "Электронное правительство"
  • Концептуальное проектирование Электронного правительства
  • Информационный портал о эПравительстве России Arxivlandi 2016-03-06Wayback Machine saytida.
  • Система "Электронное правительство"
  • Постановка проблемы разработки научно-обоснованной концепции, алгоритмов работы и архитектуры инструментальных средств Электронного правительства
  • Разработка компонентов "Электронного правительства"