ⓘ Uzum navlari ..

Aleatiko

Aleatiko, Aleatiko pero, Uva liatika– vinobop uzum navi. 1830 yilda Italiyadan Krimga, 19-asrning 2-yarmida Ozbekistonga keltirilgan. Orta Osiyoda keng tarqalgan. Tupi ortacha osadi. Bargi bir oz choziq, arra tishli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi konussimon silindr shaklida, ortacha kattalikda, 307ogirligi 140–150 g, shingillari ortacha tigiz. Gujumi dumaloq, qizgish-kok. Eti muskat hidli, shirador; Hosili faol harorat 2800°–3200° bolganda 140–160 kunda pishib yetiladi, tarkibidagi qand 25–26% ga yetadi. Hosildorligi 90–100 s/ga. Toki suvsizlikka chidamsiz. A. otloqi va soz tuproqla ...

Aleksandriya muskati

Aleksandriya muskati – xu-raki, urtapishar mayizbop va vino-bop uzum navi. Vatani Arabiston yarim orol Ozbekistonda rayonlashtirilgan. Qrimda va Gruziyada keng tarqalgan. Tupi kuch-li osadi, bargi ortacha, besh bolakli, cheti arra tishli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi ortacha, silindrsimon, ogirligi 280 g gacha. Gujumi urtacha, dumaloq yoki bir oz choziq, sargish-yashil, xushboy, tarki-bida 24–26% kand bor. Faol harorat yigindisi 2800°–2900° bolganda 140– 150 kunda pishadi. Hosildorligi 150–180 s/ga. Dogli antraknozta, sovuqqa chidamsiz. Toshkent, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogistonda ost ...

Aligote

Aligote – ortapishar, vinobop uzum navi. Fransiya xalq seleksiyasida yaratilgan. Tupi ortacha, ba’zan zaifroq osadi. Bargi togarak, uch bolakchali, arra tishli. Barg orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi ortacha, ogirligi 100–110 g, gujumi tigiz, yirik, kokish-oq, jigarrang doglari bor. Kurtaklari yozilganidan to hosili pishguncha vegetatsiya davri 321130–150 kun davom etadi. Faol harorat yigindisi 2600°–2850° da avgust ning oxirida pishadi. Tarkibida 25% qand bor. Hosildorligi 100–150 s/ga. Ka-salliklarga chidamli, sovuqqa bardoshi ortacha. Hosilidan sof va shampan vi-nolar, konyak u ...

Andijon qora uzumi

Andijon qora uzumi, Qora andijoniy, Qora – xalq seleksiyasida chiqarilgan ortapishar xoraki va may-izbop uzum navi. Tupi kuchli osadi. Bar-gi togarak, besh bolmali, kertikli, toq yashil, orqa tomoni tuksiz. Guli ikki jin-sli. Uzum boshi choziq, 250-300 g, shingillari tigizligi ortacha. Gujumi yirik, dumaloq, rangi tim qora, posti yupqa, tarang, eti shirali, tarkibida 25–27% qand moddasi bor. Hosili faol harorat 2700-2750° bolganda 128–140 kunda pi-shib yetiladi. Hosildorligi 150–200 s/ga. Zamburugli kasalliklar va zararkunandalarga chidami ortacha, sovuqqa chidamsiz. Fargona va Andijon vil ...

Anzob (uzum navi)

Anzob – kechpishar xoraki uzum navi. Tojikiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot in-stitutida | x Sultoniy)| navlarini cha-tishtirib yaratilgan. Tupi kuchli osadi. Bargi yirik, bir oz chozinchoq, besh bolmali, kertikli, orqa tomoni qalin tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi va gujumi yi-rik, teskari tuxumsimon, kokimtir-sargish. Posti qalin, seret, karsillaydi. Hosili kurtak yozilishidan faol harorat yigindisi 3100 – 3300°da 140 – 150 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 250 – 270 s/ga. Antraknoz, raga kasalliklari va barg orovchiga bardoshli; uzoq joylarga jonatilganda yaxshi saqlanadi.

Arevshat

Arevshat – xoraki ortapishar uzum navi. Armaniston uzumchilik, vi-nochilik va mevachilik ilmiy tadqiqot institutida Kattaqorgon va Parkent navlarini cha-tishtirib yaratilgan. Armanistonda eki-ladi. Tupi kuchli osadi. Bargi ortacha, besh bolmali, kertiklari chuqur, tuksiz. Guli ikki jinsli, uzum boshi yirik, chozinchoq, tigiz. Gujumi yirik, dumaloq, pushti. Pusti yupqa, eti sersuv, shirin. Hosili kurtak yozilishidan faol harorat yigindisi 2800° – 2900da 153 – 158 kunda pishadi. Kasallik va zararkunan-dalarga chidami ortacha, sovuqqa bardo-shi past. Yangiligida iste’mol etiladi, qishda saqla ...

                                     

Narekatsi

Narekatsi - kechpishar xoraki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i.t. institutida Echkiemar va Parkent navlarini chatishtirib yaratilgan. Gujumi yirik, choziq, toq binafsha rang. Pusti kalin, eti sersuv, mazasi xushxor. Hosildorligi 165 - 190 s/ga. Kasallik va zararkunandalarga chidami, sovuqqa bardoshi past. Yangiligida istemol etiladi, qishda uzoq saqlashga chidamli.

                                     

Tanakozi

Tanakozi - xoraki, mayizbop uzum navi. Tupi kuchli osadi. Bargi ortacha, besh bolmali, orqasi siyrak tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta, silindrsimon, ortacha tigiz, gujumi yirik, dumaloq. Iyulda pishadi. Tarkibida ortacha 20% qand, 5% kislota bor. Hosildorligi 110 - 150 s/ga. Ozbekistonning kopgina viloyatlarida tomorqa boglarda ostiriladi.

                                     

Toguzum

Toguzum - xoraki, ortapishar mahalliy uzum navi. Yovvoyi uzumning madaniylashgan avlodi bulishi mumkin. Tupi ortacha Usadi. Guli ikki jinsli. Bargi ortacha, besh bulmali, cheti arratishli. Uzum boshi uzunchoq, sochoq, ogirligi 250300 g. Gujumi ortacha, dumaloq, oqishkokimtir, oftobga qaragan tomoni sargayadi, sershira, posti juda yupqa, eti suvli, iyul oxirida pishadi. Hosildorligi ortacha. Sovuqqa va kasalliklarga chidamli. Asosan, Toshkent shahrida koproq uchraydi.

                                     

Tuyatish

Tuyatish - xoraki, mayizbop uzum navi. Tupi kuchli osadi. Bargi ortacha kertikli, yuzasi silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta, ortacha vazni 800 - 1000 g, silindrsimon, gujumlari zich joylashgan. Gujumi yirik, dumaloq, sargishyashil. Sent.da yetiladi. Tarkibida ortacha 23.4% qand, 3.2% kislota bor. Gektaridan 120 - 160 s hosil olinadi. Uzumidan mayiz solinadi. Mayizi mirik, sershira. Ozbekistonning barcha mintaqalarida ostiriladi.

                                     

Xoja ahroriy

Xoja ahroriy - mahalliy ertapishar xoraki uzum navi. Tupi urtacha usadi. Bargi tugarak, butun yoki uch bulmali, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, silindrsimon, ortacha zich yoki havol. Gujumi ortacha, dumaloq tuxumsimon, posti yupqa va mayin, xushxor, kokimtirnovvotrang. Tarkibida qand moddasi 20 - 22%. Avg. boshlarida pishadi. Hosildorligi 100 - 140 s/ga. Asosan, tomorqa boglarda yetishtiriladi.