ⓘ Texnika - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga tasir qilishiga imkon beradigan vositalar ..

Infraqizil texnika

Infraqizil texnika - infra-kizil nurlardan foydalanish bilan boglik bolgan texnika. Choglanma lampalar, impulsli lampalar, kvant generatorlar infraqizil nur manbalari, bolometrlar, termoelementlar, fotorezistorlar va fotoelementlar ularning qabul qilgichlari hisoblanadi. I. t. ga infraqizil nurlarni sezadigan va olchaydigan asboblar, qorong-ida kuzatish va fotosuratga olish asboblari, qizigan jismlar t-rasini uzoqdan turib olchash asboblari, yashi-rin signalizatsiya, kosmik aloqa vo-sitalari, masofa olchagichlar, yer, suv va osmondagi nishonlardan ajraladigan infraqizil nurlardan foydalani ...

Ishlab chiqarish-texnika nazorati

Ishlab chiqarish-texnika nazorati - sanoat korxonalarida mahsulot sifatini nazorat qilish yuzasidan bajariladigan xizmatlar majmui. Texnik nazorat i.ch.ning barcha qismlari da amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan obyekt xususiyatiga kora, nazoratning kuzatib nazorat qilish, mexanik xususiyatlarni nazorat qilish, kimyoviy taxlil, metallografik tadqiqotlar otkazish, sinab korib nazorat qilish va b. usullari bor. Tashkiliy jihatdan uning texnologik ja-rayonlarni nazorat qilish; operatsion nazorat ; inspeksion nazorat qilish; boshlangich nazorat ; faol nazorat ;: tayyor mahsulotni qabul qili ...

Innovatsiya

Innovatsiya - 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablaglar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qollanilishi.

Dozimetriya nazorati

Dozimetriya nazorati - shaxsiy tarkib, qurol-yarog, jangovar texnika, transport vositalari, harbiy anjomlar, oziq-ovqat, suv va muayyan hududning radioaktiv moddalar bilan zaharlanganlik darajasini aniqlash uchun otkaziladigan tadbirlar majmui. D. n. nurlanish va radioaktiv zaharlanishni nazorat qilishga bolinadi. Nurlanish D. n. shaxsiy tarkib radioaktiv moddalardan zaharlangan joylarda harakat qilganida yoki boshqa sharoitlarda yuqqan radiatsiya dozasini olchashdan iborat. Uning malumotlariga qarab shaxsiy tarkibning radioaktiv nurlanishdan zaharlanishini oldini olish choralari koriladi. ...

Dezaktivatsiya

Dezaktivatsiya - radioaktiv zarralar bilan zaharlangan obyektlar ni radioaktiv iflosliklardan tozalash; ommaviy shikastlash vositalaridan himoya qilishning bir usuli. Suv maxsus filtrlash qurilmalari b-n, texnika maxsus mashinalar va asboblar yordamida yuvuvchi kimyoviy moddalar bilan D.lanadi va h.k.D. samarasi radiometr bilan tekshirib turiladi. Atom elektr styalarida, yadro reaktorlarida falokat yuz berganda, dushman yadro quroli ishlatganda va b. favqulodda holatlarda ishlatiladi.

                                     

ⓘ Texnika

Texnika - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga tasir qilishiga imkon beradigan vositalar va konikmalar majmui. Asosiy vazifasi - inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qarini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni ozlashtirishga imkon beradi.

"T." termini biror ish hunar yoki sanatda qollaniladigan usullarni ham bildiradi.

T. vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot i. ch. zaruriyati tugilishi bilan yangidanyangi T. yaratiladi. T. tarixi ibtidoiy jamiyatga borib takaladi. Umuman T. tarixini quyidagi 7 bosqichga bolish mumkin: 7 - oddiy i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 2 - murakkabroq i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 3 - odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat qurollari yaratilishi; 4 - manufaktura i. ch. sharoitida mashina T.sining yaratilishi; 5 - ilgor mamlakatlarda bug dvigateli asosida ish mashinalarining paydo bolishi; 6 - elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi; 7 - avtomatlashtirilgan mashinalar tizimi va kosmik T.ning taraqqiy etishi, axborotlar texnologiyasi mas., internetning rivojlanishi.

T.ning evolyutsiya bosqichi ancha uzoqqa choziladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida dastavval tosh qurollar, keyinchalik oqyoy, loydan yasalgan idishlar, tosh bolta va mis qurollar paydo bolgan.

Keyinchalik mil. av. 4 - 3 ming yillikda jezdan yasalgan mehnat qurollari vujudga keldi. Keyinroq temir eritish va undan foydalanishga otildi. Xitoyda mil. av. 2357 yillardayoq temir malum edi. Mustahkam mehnat qurollariga bolgan talab polat ishlab chiqarish.ga olib keldi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv chiqarish qurilmalari, charxpalak paydo boldi.

Harbiy T.da oq yoydan tashqari polat qilichlardan foydalanila boshlandi. Keyinchalik qurilishda turli yuk kotarish richaglari ixtiro qilindi. Odamlar yollarini yaqin qilish maqsadida suvdan foydalanish uchun daraxt tanasidan qayiq yasashni organdilar. Keyinchalik kop eshkakli kemalar paydo boldi. Toqimachilik dastgohlari yaratildi. Keyingi davrlarda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik rivojlandi. Yelkanli kemalar, shamol tegirmonlari yaratildi. Texnikada gildirakli ogir va yengil pluglar paydo boldi.

15 - 16-asr asrlarda ancha takomillashgan domna pechlari qurildi. Asosiy dvigatel ornida gidravlik mashinalardan foydalanildi. Bu davrda konchilik, metallurgiya rivojlana boshladi qarang Kon sanoati. Harbiy T.da ot ochish kurollari, mashina va mexanizmlar paydo boldi.

18-asr oxirida bug mashinasi va toqimachilik mashinalarining paydo bolishi sanoatda inqilobning boshlanishidan darak berdi.

19-asrda bosma mashina, telegraf apparato, fotografiya, ichki yo’nuv dvigateli, samolyot, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, t.y. transporta rivojlandi va boshqa 20-asrda elektr energiyasidan foydalanish kuchaydi, aviatsiya, atom texnikasi, hisoblash texnikasi, elektronika, televideniye, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika va boshqa taraqqiy etdi. 21-asr boshlaridan axborotlar texnologiyasi internet, uyali telefon va boshqalar rivojlana boshladi.

Qanday vazifani bajarishiga qarab, T. ishlab chiqarish va ishlab chiqarish. da katnashmaydigan T.ga ajraladi. Ishlab chiqarish T.siga mashinalar, mexanizmlar, asboblar, mashina, texnologik jarayonlar, boshqariladigan apparatlar, sanoat binolari va inshootlari, yollar, kopriklar, kanallar, transport, kommunikatsiya, aloka vositalari va boshqa kiradi. Ishlab chiqarish T.sining faol qismi mashinadir. Unga texnologik mashinalar - metallga ishlov berish, qurilish, togkon, metallurgiya, qishloq xojaligi., toqimachilik, oziq-ovqat, qogoz tayyorlash mashinalari va boshqa, transport mashinalari - avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar va boshqa, konveyerlar, elevatorlar, kranlar va boshqa, nazoratboshqarish va xisoblash mashinalari - elektr mashinalari, ichki yonuv dvigatellari, turbinalar va boshqa kiradi. texnika vositalari orasida energiya hosil qilish va uni bir turdan ikkinchisiga aylantirishga xizmat qiladigan energetika T.sining axamiyati katta. Harbiy T. aloxida T. vositalari guruhini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarish.da qatnashmaydigan T.ga maishiy xizmat korsatish T.si kir yuvish, oshxona mashinalari va boshqalar; transport T.si yengil avtomobillar, velosipedlar va boshqalar; sport T.si poyga mototsikllari va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish.ning tarmoq strukturasiga qarab yoki i. ch. ning aloxida struktura bolinmalariga qarab, bazan T. aloxida tarmoqlarining tabiiyilmiy asosiga qarab tasniflanadi.

Unumdorlik, puxtalik va tejamlilik T.ning eng muhim korsatkichlaridir. T.ning unumdorligi vaqt birligi ichida tayyorlangan ishlov berilgan, tashilgan va boshqalar mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. T.ning puxtaligi zarur miqdorda sifatli mahsulot berish xususiyati yoki texnologik vazifani belgilangan muddatda bajarish bilan ifodalanadi. T.ning te jamliligi ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, yoqilgi, energiya, yordamchi qurilmalarning tannarxi bilan belgilanadi.

T.ning unumdorligi, puxtaligi va tejamliligini oshirish uchun uni takomillashtirib borish, ish jarayonlarini avtomatlashtirish zarur.

T.ning taraqqiyot davri T. vositalarini yangilash suratini yanada tezlashtirish, buyumlarni standartlash va unifikatsiyalash, radiotexnika, elektronika, aviatsiya, kosmonavtika, avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari, hisoblash T.si, axborotlar texnologiyasi va boshqa rivojlanishi bilan ifodalanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning rivojlanishi avtomat liniyalar va avtomat sexlar, avtomat zdlar yaratishga olib keldi, axborotlar texnologiyalari rivojlandi.

T.ni rivojlantirish fan va texnika taraqqiyotining muhim shartidir. T.ni rivojlantirishda fan yutuqlaridan keng foydalaniladi. Hozirgi zamon fani, i. ch.ning muhim yutuqlari tabiiy va T. fanlari kashfiyotlariga tayanadi. T. fan yutuqlari asosida rivojlanib borib, fan oldiga yangi masalalar qoyadi. Fan va T.ning rivojlanib, ular orasidagi ozaro boglanishni taqozo etadi. T.ning rivojlanishi mamlaktlarning geografik, iklim sharoiti va boshqalarga ham bogliq. Mac, Buyuk Britaniyada kemasozlik, dengiz va port ishlari T.si, Germaniyada stanoksozlik, togkon va metallurgiya T.si, Yaponiyada elektrotexnika va radioelektronika, Shveysariyada anik, asbobsozlik T.si, Finlyandiyada yogochtaxta sanoati T.si, AQSH va Rossiyada raketasozlik, kosmonavtika, Ozbekistonda gidrotexnika, kibernetika, toqimachilik, mashinasozlik, qishloq xojaligi.mashinasozligi sanoati va boshqa rivojlangan. T. istiqbolida yirik ilmiy-texnika masalalari - insonning Quyosh sistemasidagi sayyoralarga uchishi, jahon miqyosida radio, telegraf, telefon va televizion aloqalarning rivojlanishi, yangi turdagi tibbiyot apparatlari va boshqalarning yaratilishi va fan yutuqlarini umumlashtirish talab qilinadi. T. taraqqiyotiga Arximed, A. Geron, I. Gutenberg, I. Fyodorov, X. Gyuygens, I. P. Kulibin, Leonardo da Vinchi, N. Kopernik, G. Galiley, I. Nyuton, D. Uatt, Ye. A. Cherepanov va M. Ye. Cherepanov, A. Nartov, P. P. Anosov, D. Stefenson, P. Shilling, B. Yakobi, S. Morze, M. Faradey, D. Maksvell, D. I. Mendeleyev, G. Bessemer, R. Dizel, A. F. Mojayskiy, V. Rentgen,A. Eynshteyn, K. E. Siolkovskiy, S. P. Korolyov va boshqa katta hissa qoshgan. Sharqda T. taraqqiyoti Beruniy, Ibn Sino, Ulugbek, Ahmad alFargoniy kabi allomalar; keyinchalik Ozbekistonda I. F. Belyanskiy va V. P. Grabovskiy televideniye kabi ixtirochilar, Ozbekistonda FA akademiklari S. Azimov, R. Bekjonov, A. Vohidov, H. Raxmatullin, O. Rasulov, T. Rashidov, H. Usmonxojayev, H. Fozilov, M. Orozboyev,B. Qobulov, P. Habibullayev, M. Hamidxonov, M. Hojinova va boshqa olimlar nomi bilan bogliq.

Tursunboy Rashidov, Mirkomil Mirboboyev.

                                     

Izolyatsiya (manolari)

Izolyasiya: Izolyatsiya texnika va qurilishda - asbob-uskunalarni, shuningdek, bino va inshootlarning tosuvchi konstruksiyalarini ishlatish va b. Izolyatsiya frans.

                                     

Bandaj (manolari)

Bandaj: Bandaj frans. Bandaj texnika texnikada - mashina detallari yoki konstruksiyalarning puxtaligi va chidamliligini oshirish maqsadida ularga kiygiziladigan metall halqa.

                                     

Ipak (manolari)

Ipak: Ipak, pilla tolasi - ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boladigan tabiiy toqimachilik xom ashyosi. Ipak jurnal - "IPAK" - ilmiy-texnika jurnali.

                                     

Siklon (manolari)

Siklon: Siklon texnika texnikada - havo gaz ni uning tarkibidagi muallaq qattiq zarralar mas, suv tomchilari yoki changdan markazdan qochma kuch tasirida tozalash uchun moljallangan apparat. Siklon yun. kyklon - aylanuvchi - atmosferaning past bosimli oblasti.