ⓘ Ali Xomanaiy. Sayid Ali Husayniy Xomanaiy - eronlik siyosiy va diniy arbob. Eron Oliy Rahbari, Oyatulloh. 1981 - 1989-yillarda Eronning 3-prezidenti. Ali Xomana ..

                                     

ⓘ Ali Xomanaiy

Sayid Ali Husayniy Xomanaiy - eronlik siyosiy va diniy arbob. Eron Oliy Rahbari, Oyatulloh. 1981 - 1989-yillarda Eronning 3-prezidenti.

Ali Xomanaiy Oyatulloh Humayniyning shogirdidir. Xomanaiy 1962-yilda Humayniy rahbarligidagi islom harakatiga qoshilgan. 1963-yildan bir necha marta qamoq va surgunda bolgan. 1979-yilgi shohga qarshi inqilobda Mashhaddagi islom harakatiga boshchilik qilgan. Eronda monarxiya agdarilgandan song, 1979 - 80-yillarda Islom inqilobiy kengashi azosi, mudofaa vaziri orinbosari, "Islom inqilobi posbonlari" korpusi qomondoni, oyatulloh Humayniyning Oliy mudofaa kengashdagi vakili lavozimlarida bolgan. 1980 - 81-yillarda Islom kengashi majlisi parlament deputati. 1981-yil oktabridan Eron Islom Respublikasi prezidenti, Oliy mudofaa kengashi raisi. Humayniy vafotidan song, 1989-yil 4-iyundan Eron Islom Respublikasi Oliy Rahbari.

                                     

1. Biografiyasi

Ali Sayd Husayniy Xomanaiy 1939-yilning 17-iyul kuni Eronning Mashhad shahrida tugilgan. Xomanaiy oilada sakkiz farzanddan ikkinchisi bolgan. Kelib chiqishi va millati boyicha ozarbayjondir. Ali Xomanaiy Muhammad paygambarning avlodlaridan biri bolgan Saidiylardan kelib chiqgan. Uning bobosi Sayd Hussayn Janubiy Ozarbayjonda taniqli din arbobi hisoblanib, avval Hiyoboniy va Tabrizda, keyinroq esa Iroqning En-Najaf shahrida yashab otgan. Ali Xomanaiyning otasi Sayd Javod Husayniy Xomanaiy madrasada muallim, keyinroq Mashhad shahri ulamolaridan biri bolgan. 93 yoshida vafot etgan. Ali Xomanaiy oz otasi haqida shunday degan: Otam mashhur ulamo bolgan. Biroq u juda sofdil bolib asketik hayot tarzini kechardi. Bizning hayotimiz ogir edi. Esimda, bazi vaqtlar uyimizda tushlik yoq edi. Onam qiyinchilik bilan bizga ovqat tayyorlardi. Tushligimiz non va mayizdan iborat edi." Onasi Yazd shahridan bolib, 1989-yilda 76 yoshida vafot etgan.

Ali Xomanaiy oz talimini Mashhad shia akademiyasida Havza boshlagan. Uning muallim va oqituvchilari Haj Shayx Hoshim Gazviniy va Oyatullo Miloniy bolgan. 1957-yilda Xomanaiy Najaf shahriga kochib otadi. Bir yil Najafda yashab Qum shahriga kochib otadi. Qum shahrida u Oyatullo Husayn Borujerdiy va Ruhillo Homeyniy bilan tanishadi. Ruhillo Homeyniyning radikal dunyoqarashi Ali Xomanaiyga qattiq tasir qilib u faol tarzda aksilshoh targibotini boshlaydi. 1964-yilda Ruhillo Homeyniy Erondan badarga qilinadi. Ali Xomanaiy esa Birjandda "SAVAK" tomonidan hibsga olinadi, biroq keyinroq ozod etiladi va Xomanaiy Mashhadga qaytib ketadi. 1963 - 1975-yilgacha u yana besh marta bir necha oyga qamoqqa tushadi.

                                     

2. Siyosiy faoliyati

Ali Xomanaiy Islom inqilobining eng faol ishtirokchilaridan va Ruhillo Homeyniyning eng yaqin maslakdoshlaridan biri edi. Inqilobdan song ular tomonidan "Jumhuriye islomi" gazetasiga asos solindi. Ruhillo Homeyniy Ali Xomanaiyni Tehrondagi bosh juma masjidi imomi rahbari osha paytda Tehrondagi umumdavlat va umummilliy siyosiy xabarlar joyi etib tayinlaydi. Ushbu lavozimda u Oyatullo Husayn Ali Montazariyning ornini egalladi. Keyinroq u kam vaqt Abulhasan Banisadr hukumatidagi harbiy qomondonlik vaziri orinbosari bolib faoliyat yuritadi. Xomanaiy bir necha marotaba eron-iroq urushi paytida parlament komiteti nomidan frontlarga tashrif buyuradi.

1981-yilning 27-iyun kuni sol-radikal "Mojahedine halq" partizanlik tashkiloti tomonidan Ali Xomanaiyga suiqasd amalga oshiradi. Biroq ushbu suiqasd ular oylaganidek amalga oshmaydi. Osha paytda, matbuot anjumani otkazilayotgan paytda, Xomanaiyning yonidagi magnitofonga ornatilgan va yashirilgan bomba portlaydi. Portlash natijasida Xomanaiyning ong qoli ishlamay qoladi. Suiqasddan ikki oy otgach, yana osha tashkilot hukumat boshligi kotibiyati binosida portlash uyushtiradi. Ushbu portlash natijasida osha paytdai Eron Prezidenti Muhammad Ali Rojaiy va bosh vazir Muhammad Javod Bahonar halok bolishadi.

Osha yili otkazilgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Ali Xomanaiy 95 % ovoz toplab ilk bor prezidentlik lavozimida faoliyatini boshlaydi. Ushbu lavozimda Eronda ilk bor diniy inson galaba qozongan holat sodir boladi. Bundan oldin Ruhillo Homeyniy Eron Prezidenti faqat dunyoviy talim olgan inson bolishi Abulhasan Banisadr va Muhammad Ali Rojaiy shunday toifaga kirardi mumkinligini takidlagan edi. Biroq, Xomanaiyning Eronda juda mashhurlik va ommabopligi tufayli u oz fikrini ozgartirib Ali Xomanaiyni prezident saylovlarida qatnashishiga rozilik bildiradi. Prezident saylovlaridan keyin Eron bosh vaziri etib Mir-Husayn Musaviy tayinlanadi. Mir-Husayn Musaviyning buvisi Ali Xomanaiy otasining opasi hisoblangan.

                                     

2.1. Siyosiy faoliyati Prezident saylovlari natijalari

Ali Xomanaiy Eron Prezidenti etib tayinlanganidan keyin Eronda aksilinqilobiy kuchlarga qarshi kurash boshlandi. Ushbu kuchlar faol partizanlik va terrorchilik ishlarini olib borayotgan edi. Ushbu faollik asosan Eronning shimoli-garbiy va garbiy provinsiyalarda yaxshi sezilardi. Xomanaiy "yonalishdan ogish, liberalizm va pro-amerikanizmni" bartaraf etishni talab qildi. Ushbu inqilobiy sudlar tomonidan minglab anti-islomiy muxolifat azolari qatl qilindi. Ushbu davlat terrori 1982-yilgacha kuchda bolib, keyinroq ushbu noinsoniy sud davlat tomonidan yopildi.

Ali Xomanaiy Eronni qariyb butun eron-iroq urushi paytida boshqardi. Uning prezidentligi davrida Islom inqilobi himoyachilari korpusi xalq armiyasidan nufuzli gvardiyaga aylandi. Ushbu ishi uchun Xomanaiy harbiylarning chuqur hurmatiga sazovor boldi. 1985-yilning 16-avgust kuni Eronda navbatdagi prezident saylovlari bolib otdi. Ushbu saylova Ali Xomanaiy yana bir bor eng kop ovoz toplab 85 % ikkinchi prezientlik muddatini boshladi. 1989-yilda uning prezidentlik muddati tugadi va u Eron konstitutsiyasi boyicha uchinchi marotaba prezidentlikka oz nomzodini qoyishga haqli emas edi. Shuning uchun u osha yilgi prezident saylovlarida qatnashmadi. Ushbu prezident saylovlarida Ali Akbar Rafsanjoniy galaba qozondi.



                                     

3.1. Oliy Rahbar sifatida Saylanishi

1989-yilning 3-iyun kuni Islom inqilobi rahbari Oyatullo Ruhillo Homeyniy Tehronda vafot etdi. Keyingi kuni Ekspertlar kengashi yigilib, 20 soat davom etgan majlisda 74 azodan 60 ta ovoz toplab Ali Homenei Eronning yangi Oliy Rahbari Oyatullo deb saylandi. Majlis boshida Oyatullo Ali Meshkiniy, Oyatullo Abdulkarim Musaviy va Oyatullo Muhammad Rizo Gulpayganiy ekspertlar kengashi azolariga Oliy Rahbar lavozimini uchta kishidan iborat yangi Oliy Kengashga topshirishni taklif qilishdi. Ekspertlar kengashi ushbu taklifni rad etishgani bois Oyatullo Muhammad Rizo Gulpayganiy Oliy Rahbar lavozimiga oz nomzodini qoydi. Biroq yakunda Ali Xomanaiy 74 ta ovozdan 60 ta ovozni olib Eron Oliy Rahbari etib tayinlandi.

                                     

3.2. Oliy Rahbar sifatida Ichki siyosati

Ali Xomanaiy azaldan Eronning konservativ harakati faollaridan hisoblanadi. Shu bilan birga u ilm-fan rivojlanishga juda katta etibor beradi. U dunyoda islom rahbarlaridan birinchi bolib kok hujayralar tadqiqi va terapevtik klonlash amaliyotini qollab-quvvatlagan. Oyatullo Xomanaiy shuningdek atom energetikasi rivojlanishiga katta hissa qoshib kelgan. Uning sozlariga kora "neft va gaz zahiralari vaqt otib tugaydi", shuning uchun u atom energetikasini rivojlanishini Eronning eng ustuvor vazifalaridan biri qilib qoygan.

Xomanaiy davlat iqtisodiyotining privatizatsiyalanishi templarini tezroq tugatish tarafdorlaridan biri hisoblanadi. 2004-yilda Homenei tashabbusi bilan Eron Konstitutsiyasining 44-moddasi qayta korib chiqilib unga ozgartirishlar kiritildi. Yangi moddaga kora barcha infratuzilma obektlari faqat davlat mulkigina bolishi mumkin.

                                     

3.3. Oliy Rahbar sifatida Yadroviy qurol yaratishga qarshi fatvosi

Oyatullo Ali Xomanaiy fatvo elon qilib, unda yader qurolini yaratish, ishlab chiqarish, saqlash va ishlatish islom dini tomonidan man etilgani eslatib otilgan. 2005-yilning avgust oyida ushbu fatvo MAGATE tashkilotining Venadagi majlisida Eron delegatsiyasi tomonidan rasman oqib eshittirildi. Biroq bir guruh eronlik sobiq diplomatlar Xomanaiy Eron maxsus xizmatlari va xavfsizlik xizmati azolariga ozi elon qilgan fatvo Eron Islom Respublikasiga yadroviy qurolni ishlab chiqarishni man etmaydi deb aytganini bong urishdi.

Fatvoning bajarilishi va tasiri shuningdek bir necha shubhalar tufayli savol ostida qoldi. Shubhalanuvchilar Xomanaiyning ozi elon qilgan fatvosidan qaytishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini aytishdi. Ushbu shubhalar ozini oqlar edi, chunki eron-iroq urushi paytida osha paytdagi Oliy Rahbar Ruhillo Homeyniy zarar yetkazuvchi qurolga nisbatan fatvosini bekor qilgani va qurol, shu jumladan yader qurolini ishlab chiqarishni qaytalashni buyurgani hammaning esida edi.



                                     

4.1. Tashqi siyosati AQSH

AQSH hukumati va siyosatini tanqidlash Xomanaiyning chiqishlarida ajralmas qismga aylanib qolgan. U AQSH hukumatini Yaqin Sharqda imperialistik siyosatini olib borishini, Isroilni qollab-quvvatlashini va Iroqga qarshi agressiyada ayblab keladi.

                                     

4.2. Tashqi siyosati Falastin va Isroil

Oyatullo Ali Xomanaiy Isroilni noqonuniy okkupatsion rejim deb hisoblaydi. Ushbu nuqtai nazari bilan, u falastinliklarni Isroil Davlatini tan olmasligini qollab keladi. Xomanaiyning sozlariga kora "agar kimdir islom dunyosida shu qabih xatoni qilib ushbu ayanchli rejimni tan olsa, oziga sharmandalik va nafratni yoliqtirib besamar aksiyani amalga oshiradi. Chunki ushbu rejim uzoq vaqtga chozilmaydi".

Xomanaiyning fikriga kora, falastin muammosini hal qilishning yoli "barcha falastin halqi orasida, yani hozir tugilgan yeridan qochqin sifatida Lubnon, Iordaniya, Quvayt, Misr va boshqa joylardagi falastinliklar uchun referendum otkazishdir. Ular oz vatani, oz uylariga qaytishlari kerak. Ular orasida 1948-yilgacha falastin hududida yashagan barcha insonlar, musulmon, nasroniy va yahudiylar ham qaytishlari kerak".

                                     

5. Shaxsiy hayoti

Ali Xomanaiy 1964-yilda Yazdlik Hojasta Xomanaiyga uylangan. Keyinroq ularda tort ogil va ikki qiz tugildi. Ogillari: Mujtabo, Mustafo, Masud va Masyam. Qizlari: Boshra va Xoda. Xomanaiyning katta ogli Mujtabo Eron Majlisining sobiq raisi Gulom-Ali Haddod-Odilning qiziga uylangan.

Ali Xomanaiyning amakivachchasi Ali Tehroniy 1981-yilda Iroqga qochib ketadi va eronning yangi hukumatiga qarshi faol propagandik faoliyat yuritgan. Keyinroq unga Xomanaiyning singlisi ham qoshilgan.

Xomanaiy fors, ozarbayjon va arab tillarini biladi. Ozroq ingliz tilida sozlasha oladi. Bir nechta kitobni arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Shuningdek ozi bir nechta kitoblar yozgan. Yoshligida futbolga qiziqgan va oynagan. Hozirda bosh vaqtida tog boylab piyoda sayr qilishni xush koradi.

                                     

6. Sogligi

2015-yilning 5-mart kuni bir nechta arab ommaviy axborot vositalari Xomanaiy Tehrondagi shifoxonalarining birida operatsiyadan song ogir ahvolda ekanligini xabar qilishdi. Xabarlarga kora uning diagnozi haqida malumotlar yoq va shifokorlar sistematik organlar ishlamasligini aniqlashgan. Fransiya ommaviy axborot vositalariga kora 2014-yilning sentyabr oyida unga prostata bezi operatsiyasini otkazishgan. Osha xabarga kora operatsiya muvaffaqiyatli otgan, biroq osha paytda mish-mishlar boyicha Xomanaiyda saraton kasalligining tortinchi bosqichi boshlangan va shifokorlar Xomanaiyning umri ikki yildan kamroq deb baholshgan.

                                     

7.1. Yozgan kitoblari Kitoblar va tadqiqot faoliyati

  • "Dinni togri tushunish"
  • "Imom Rizo va halif orinbosarligi"
  • "Ilm-fan va arboblar haqidagi tortta asosiy kitob"
  • "Oyatullo Xomanaiy nuqtai nazari boyicha sanat"
  • "Qurondagi islom fikrlarining umumiy korinishi"
  • "Birlik va partiyalik"
  • "Shia imomlari hayoti" chop etilmagan
  • "Quronga qaytish kerakligi"
  • "Imomlar hayotidagi kurash aqidasi"
  • "Viloyat"
  • "Madaniy porlash"
  • "Mashhad ilmiy va manaviy seminariyasi haqida tarixiy maqolalar va seminariyaning hozirgi holati"
  • "Sabr haqidagi savollar togrisida"
  • "Peshvoye sodeq"
  • "Namozning chuqurligi haqida"
  • "Bir xudojoylik: Xudodan boshqa hech kimga topinmaslik"
  • "Hadise veloyat" Xomanaiyning chiqishlari, nasihatlari va tadqiqotlari aks ettirilgan kitoblar toplami. Hozircha 9 ta tomda chop etilgan.
  • "Imom Sajodning hayot yoli"


                                     

7.2. Yozgan kitoblari Tarjimalari

  • "Hindistondagi ozodlik kurashidagi musulmonar" muallif - Abdulmanam Namri Nasri
  • "Garb sivilizatsiyasiga qarshi murojaat" muallif - Sayd Qutb
  • "Imom Husan dunyosi" muallif - Rozi Ali Yosin
  • "Islom chegaralaridagi kelajak" muallif - Sayd Qutb


                                     

8. Havolalar

  • Ali Xomanaiy ozining tarafdorlariga ozarbayjon tilida murojaat qilmoqda
  • Xomanaiy Tabrizda
  • www.khamenei.ir Rasmiy sayti
  • Xomanaiy ozarbayjon tilida sher oqimoqda
  • Ali Xomanaiy idorasining informatsion bloki
  • Ali Xomanaiy: BMT XK Eronning yader dosyesini korib chiqmasligi kerak
  • Rus tilidagi rasmiy sayti
  • Xomanaiy ozarbayjon xalqi bilan
                                     
  • Prezidentidan yuqori hisoblanadi. Hozirgi paytda Eron Oliy Rahbari lavozimiga Ali Xomanaiy ega hisoblanadi. Eron Konstitutsiyasining 5 - moddasiga ko ra, Valiye - Asr
  • 1989 - yilda Rafsanjoniy Ali Xomanaiy o rniga Eron Prezidenti saylovlarida ishtirok etib g alaba qozongan va Eron Prezidenti etib tayinlangan. Ali Akbar Rafsanjoniy
  • oliy rasmiy shaxsi - Eron Islom Respublikasi Rahbari 1989 yildan Said Ali Xomanaiy Undan keyingi oliy rasmiy shaxs - prezident 2005 yildan Mahmud Ahmadiy
  • Brin Warren Buffett Jamie Dimon Laurence D. Fink Bill Gates Li Ka - shing Ali Xomanaiy Angela Merkel Rupert Murdoch Benjamin Netanyahu Larry Page Vladimir Putin