ⓘ Ali Akbar Rafsanjoniy. Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy - Eronlik siyosiy va diniy arbob. 1989-1997-yillarda Eron Prezidenti, 1980-1989-yillarda Eron Oliy Majlisi ..

                                     

ⓘ Ali Akbar Rafsanjoniy

Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy - Eronlik siyosiy va diniy arbob. 1989-1997-yillarda Eron Prezidenti, 1980-1989-yillarda Eron Oliy Majlisis raisi, 1979-1980-yillarda Eron ichki ishlari vaziri. Hozirda turli siyosiy ishlar bilan mashgul.

                                     

1. Biografiyasi

Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy 1934-yilning 25-avgust kuni Eronning janubida joylashgan Kerman ostanidagi Nug qishlogida, kambagal oilada tugilgan. 16 yoshida Qum shahriga kochib otib Ruhillo Xomeyniy darslariga borishni boshlagan. Islom inqilobigacha Rafsanjoniy 15 yil ichida 5 marta qamoqqa tushib otkazgan. Inqilobdan song vaqtinchalik inqilobiy hukumat tarkibiga kirgan.

1980-yilda u Eronning yangi tashkil etilgan Oliy Majlisida rais etib tayinlangan va ushbu lavozimda 1989-yilgacha faoliyat yuritgan. 1989-yilda Rafsanjoniy Ali Xomanaiy orniga Eron Prezidenti saylovlarida ishtirok etib galaba qozongan va Eron Prezidenti etib tayinlangan. Ali Akbar Rafsanjoniy Prezidentligi 1997-yilning avgust oyigacha davom etgan.

Prezidentligi davrida Rafsanjoniy juda kop sohalarda islohotlar otkazgan. Ularning ayrimlari muvaffaqiyatli yakunlangan, biroq Eronda ozod bozor siyosatini isloh qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ushbu noaniq islohot tufayli mamlakatda inflyatsiya hajmi 49 foizga osib ketgan.

Rafsanjoniyning Prezidentligi davrining boshi osha paytda dunyoda roy bergan juda katta siyosiy ozgarishlar roy berganiga togri kelgan. Aynan Rafsanjoniy Eronni qulagan SSSRning Orta Osiyo va Kavkazorti respublikalari bilan aloqalarini yolga qoyishga muhim rol oynagan. Shuningdek u Arab dunyosi davlatlari bilan ham hamkorlini kuchaytirishga harakat qilgan. Ham tashqi ham ichki siyosat boyicha Ali Akbar Rafsanjoniy Eronda eng hurmatli siyosatchilardan biri hisoblanadi.

                                     
  • 8 - sentabr: Chiapas zilzilasi 16 - sentabr: Maria dovuli 8 - yanvar: Ali Akbar Rafsanjoniy 11 - fevral: Boriq Shofe i 17 - mart: Inomjon Usmonxo jayev 20 - mart:
  • prezident saylovlarida qatnashmadi. Ushbu prezident saylovlarida Ali Akbar Rafsanjoniy g alaba qozondi. 1989 - yilning 3 - iyun kuni Islom inqilobi rahbari