ⓘ Ozbekiston - Janubiy Koreya munosabatlari. Ozbekiston - KR munosabatlari. KR 1991 yil 30 dekabrda Osiyo - Tinch okean mintaqasi davlatlari orasida birinchi boli ..

                                     

ⓘ Ozbekiston - Janubiy Koreya munosabatlari

Ozbekiston - KR munosabatlari. KR 1991 yil 30 dekabrda Osiyo - Tinch okean mintaqasi davlatlari orasida birinchi bolib OzR mustaqilligini tan oldi. Ozbekiston bilan KR ortasida 1992 yil yanvarda diplomatiya munosabatlari ornatilgandan keyin siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng hamkorlik aloqalari yolga qoyildi. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimovning 1992, 1995, 1999 yillarda KR ga va KR prezidentining 1994 yilda Ozbekistonga rasmiy tashriflari chogida imzolangan hujjatlar ozaro hamkorlikning huquqiy poydevorini yaratdi. 1999 yilda ozaro tovar aylanmasi hajmi salkam 526.8 mln. AKSH dollariga yetdi. KR Ozbekistondan paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, elektr asbob-uskuna, xom teri, ipak, kimyoviy ogit olib, Ozbekistonga transport vositalari, elektr va mexaniq jihozlar, qora metall, kauchuk va rezina mahsulotlari, boyoqlar, turli xil jihoz va apparatlar, toqimachilik mahsulotlari yuboradi.

Ozbekistonda koreys sarmoyasi ishtirokidagi 80 ga yaqin korxona bolib, ular transport, elektronika, telekommunikatsiya, aloqa, toqimachilik kabi sohalarga mansub. "OzDEU avto", "OzDEUelektroniks", "Kabul-Ozbek kompani LTD", "OzSamsongelektroniks" kabi qoshma korxonalar shu jumlaga kiradi. Ular avtomobil, xalq istemol mollari, radio elektron maqsulotlar ishlab chiqarish bilan shugullanadi. Toytepada va Toshkentning "Kokcha" dahasida qurilgan toqimachilik korxonalari mahsulotlari chetga eksport qilinayotir. Fargona va Namangan shaharlarida ham shunday korxonalar barpo etiladi. Shuningdek, KRning 19 ta kompaniyasi OzR da oz vakolatxonasini ochgan. 1994 yildan buyon iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq masalalari boyicha Ozbekiston-Koreya va KoreyaOzbekiston qoshma qomitasi ishlab kelayotir. OzR Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki KR ning 10 ta banki bilan vakillik munosabatlari ornatgan. Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi KOICA bir necha yillar davomida respublika vazirliklari va idoralari bilan faol aloqa qilayotir. Shu tashqilot yoli bilan ozbek yigit-qizlari muntazam ravishda KR da malaka oshirayotir, Toshkent iktisodiyot universitetida va Moliya instituti huzuridagi litseyda kompyuter sinflari tashqil etilgan. Ozbekistondagi boshqa litsey va kollejlarni oquv asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihasi amalga oshirilayotir. KR Maorif vazirligining 1992 yil maydan beri ishlayotgan Toshkentdagi koreys talim markazida oliy oquv yurtlari muallimlari va talabalari uchun tanlov asosida malaka oshirish yolga koyilgan. 1993 yil martda Toshkent sharqshunoslik institutida koreyashunoslik fakulteti ochilgan. Ozbekiston jahon tillari universitetida "Koreys tili markazi", Samarqand chet tillar institutida "Koreys tili va madaniyati markazi" ishlaydi. KRning Ozbekistondagi elchixonasi bu markazlarni eng yangi adabiyot va video hamda audio kassetalar bilan jihozladi.

Ikki mamlakat ortasida madaniy aloqalar tobora kengayib borayotir. Ozbek madaniyat va sanat arboblari KR da oz mahoratlarini namoyish etish, Ozbekistonda koreys madaniyati haftaliklarini otkazish odat tusiga kirib krldi. 1998 va 1999 yillardagi ana shunday xaftalik doirasida Toshkentda koreys kitoblari va fotosuratlari korgazmasi, koreys sanat arboblari va rassomlari korgazmasi uyushtirildi. Sport turlari va koreys ananaviy oyinlari namoyish etildi. Kinofilmlar korsatildi, nihoyat Alisher Navoiy nomidagi teatrda mashxur koreys ashula va raqs ansambllari katta tomosha korsatishdi.