ⓘ Grafen - kristall panjarasi asalari uyasi shaklidagi geksagonal tuzilishga ega uglerod atomlaridan tashkil topgan bir atom qalinligidagi ikki olchamli materiald ..

                                     

ⓘ Grafen

Grafen - kristall panjarasi "asalari uyasi" shaklidagi geksagonal tuzilishga ega uglerod atomlaridan tashkil topgan bir atom qalinligidagi ikki olchamli materialdir. Qalam uchun ishlatiladigan grafit ham aslida grafenning kop qatlamlaridan tashkil topgan. Laboratoriya sharoitida grafenni birinchi marta 2004-yilda Manchester Universitetining olimlari Andre Geim va Konstantin Novosyolovlar boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan hosil qilingan va 2010-yilda bu kashfiyoti uchun ular fizika fanidan Nobel mukofotiga sazovor boldilar. Grafen dunyodagi eng yupqa material bolishi bilan bir qatorda ozining fizik xossalari jihatidan juda noodatiy material hisoblanadi: birinchidan, grafen mustahkamligi boyicha polat va olmosdan yuqoriroq turadi; ikkinchidan, uning elektr, issiqlik va yoruglik otkazuvchanligi ota yuqoridir. Hozirgi vaqtda grafenning boshqa fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlari butun dunyo olimlari tomonidan jadal ravishda organilmoqda. Shu bilan bir qatorda ozbek olimlarining nemis olimlari bilan hamkorlikdagi kashfiyotlari grafen nanolentalarining otkazuvchanligini lazer nuri yordamida boshqarishga qaratilgan.