ⓘ Ozbekistonning tekisliklardagi tuproqlari. Tekisliklar tuproqlari. Chol zonasi aftomorf sur-qongir tuproqlar bilan qoplangan. Bu tuproqlar qoldiq platolar, qad. ..

                                     

ⓘ Ozbekistonning tekisliklardagi tuproqlari

Tekisliklar tuproqlari. Chol zonasi aftomorf sur-qongir tuproqlar bilan qoplangan. Bu tuproqlar qoldiq platolar, qad. Ustyurt platosi yoyilma konuslari, Qizilqum va boshqa yerlarda rivojlangan. Tuproq qatlamining 18-25 sm chuqurligida gips kristallari va suvda eruvchi tuzlari bor. Tuproqning yuqori qatlamida gumus miqdori 0.2-0.8 %.

                                     

1. Chol qum tuproqlari

Qizilqum va boshqa qumli chollarda keng tarqalgan. Yuqori qatlami zich emas, bazi joylarda yupqa qatlam hosil qiladi. Yuza qatlamining qalinligi qariyb 5 sm. Bu qatlamda temperatura yoz kunlari 70-80 0 gacha kotariladi va sutka davomida keskin ozgarib turadi. Yuza qatlami himoya vazifasini otab quyi qatlamdagi namni saqlab turadi. Chol qum tuproqlarida gumus miqdori juda kam-0.2-0.5% dan oshmaydi. Chol qum tuproqlari mexanik tarkibining xususiyati shundan iboratki, bu tuproqlarning tarkibida mayda chang 0.25-0.05 mm va yirik chang 0.05-0.01 mm fraksiyalari kop. Bu tuproqlarda deyarli shorlanish bolmaydi.

                                     

2. Taqir tuproqlar

Ozbekistonning chol qismida, Amudaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo va boshqa daryolarning qadimy allyuvial tekisliklarida, Zarafshon va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. Har xil darajada shorlangan. Tarkibida karbonatlar miqdori kop 8-10 %. Gumus 0.3-0.8 %. Sugoriladigan taqir tuproqdagi mavjud agroirrigatsion qavat dehqonchilik agrotexnikasi, yerga solingan mahalliy ogit, shuningdek, suvning loyqallik darajasiga qarab 30-40 sm dan 1–2 m gacha qalinlikda boladi. Agroirrigatsion qavat rangi, mexanik tarkibi, qovushqoqligi va kimyoviy xossalari bir xil bolgan yaxlit gorizont hosil qiladi. Bunday tuproqlar Buxoro viloyatida, Qarshi va Sherobod chollarida uchraydi. Taqir tuproqlarning vujudga kelishi allyuvial tekisliklarning cholga aylanishidagi birinchi bosqichidir.

                                     

3. Taqirli tuproqlar

Mamlakatning qumli chollaridagi pastqam tekisliklarda, qadimiy qurilgan allyuvial va proyuvial-allyuvial tekisliklarda tarqalgan. Loy tuproqdan tarkib topgan, vaqt-vaqti bilan suv bosib turadi, osimlik qoplami deyarli bolmaydi. Suv buglanib ketgandan keyin taqir yorilib osimlik osmaydigan qatqaloq postloqqa aylanadi. Taqirli maydonlar surqongir tuproqlar orasida uchraydi, qadimiy allyuvial tekisliklarda esa taqirlar tuproq majmuasining asosiy qismlardan biri. Taqirli tuproqda gumus miqdori taqir tuproqqa nisbatan koproq 0.5-1.0 % gacha, biologik jihatdan ham faolligi sustroq bolib, tuproq bilan geologik tuzilmalar chegarasida turadi.

                                     

4. Otloqi tuproqlar

Chol zonada gurut suvlari 1–3 m chuqurlikda bolgan joylarda rivojlangan. Otloqi allyuvial keltirmalariga oxshash. Biroq kopincha chim qavati bilan qoplangan boladi. Otloqi tuproqlar namlikning oz-kopligiga qarab otloqi allyuvial daryo vodiylari boylab va otloqi soz proyuvialdan tuzilgan tog etagi tekisliklarida tuproqlarga bolinadi. Tarkbida gumus kopincha 2% dan ortiq. Otloqi soz tuproqlar bazan shorlangan boladi.

                                     

5. Botqoqi va botqoqi-otloqi tuproqlar

Ozbekistonning boz tuproq mintaqasi va chol zonasida tarqalgan. Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxondaryo va boshqa daryo vodiylarida, shuningdek Sox, Isfara, Margilonsoy, Aravonsoy, Oqbora kabi soylar terrasalarining pastqam yerlarida, qurib qolgan kol va qoldiq daryo ozanlarida uchraydi. Bu joylarda yer osti suvlari yuza 1 m dan kam joylashganligidan tuproqda nam kop, tuproqning yuqori qatlami gleylashgan. Gumus miqdori 2-3 %. Shorxoklar chol zonasi tuproqlari orasida va boz tuproq mintaqasining quyi qismida, daryo vodiylari yoki tog etagi tekisliklari shleyflarida kopincha hozirgi vohalarda keng tarqalgan. Tarkibida suvda oson eriydigan har xil tuzlar xlorid sulfat, karbonat va sh.k. mavjud. Tuzlarning eng kop qismi tuproqning yuqori qatlamida boladi. Ular sizot suvlarining kotarilib buglanishi natijasida toplanadi. Shorxok tuproqlar morfologik korinishi jihatidan qatqaloq, mayin va qora boladi. Shorxok tuproqlarning meliorativ holati yaxshilangach ekin ekish mumkin.



                                     

6. Otloqi-voha sugoriladigan tuproqlari

Chol zonasidagi sugoriladigan vohalarda asosiy maydonni egallagan. Ular taqir voha, botqoq-voha tuproqlari bilan birga uchraydi. Zarafshon, Amudaryo vodiylarida yirik vohalari 2-3 ming yillardan beri mavjud. Shu muddat davomida bu yerda qalinligi 2–3 m li agroirrigatsion gorizont vujudga kelgan va tabiiy tuproqni komib yuborgan. Otloqi-voha allyuvial tuproqlarning agroirrigatsion gorizonti bir xil kokish-boz rangli, antropogen qoshimchalar aralashgan. Haydalma qatlami ancha zich. Tarkibida 1-1.3 % gumus bor. Chol iqlimi sharoitida va namlanish rejimiga kora otloqi-voha tuproqlari shorlanishga koproq moyil. Tuproq shori drenaj yordamida mumtazam yuvib turiladi.