ⓘ Ozbekiston gilamlari. Ozbekistonning gilamlari. Boysun, Sherobod, Denov tumanlarining tog va togoldi qishloqlarida uy sharoitida jundan mato tayyorlash keng tar ..

                                     

ⓘ Ozbekiston gilamlari

Ozbekistonning gilamlari. Boysun, Sherobod, Denov tumanlarining tog va togoldi qishloqlarida uy sharoitida jundan mato tayyorlash keng tarqalgan, jumladan, turli gilamlar, torvalar, dasturxonlar, kigizlar, ichki bezak anjomlari tivitdan salla va hokazo.

Qoy junidan, asosan, gilam toqilgan. Orta Osiyoda XIX asrning ortalariga qadargilamdozlik uy hunarmandchiligiga kirgan. Sohaning asosiy homashyo manbaasi dehqonchilik va chorvachilikdan olingan paxta va jundir. Ayniqsa, oq rangli jun gilamdozlar tomonidan nihoyatda qadrlangan. Gilam toqishda Sherobod tog qishloqlari aholisi shugullangan. Gilamlar toqilishi, gulning joylashishi bilan bir-biridan farqlangan va oziga xos ramziy manoga ega bolgan. Masalan, olacha gilamning "qulf-kalit" ramzi tushirilgan turli honadon eshigi dostiga ochiq, dushmanga yopiqligini bildirsa, "quroqgul" turi esa, ikki yosh bir-biri bilan qosha-qarisin degan manoni bildiradi.

Surhon vohasi taqir gilamlari bilan mashhur. Bu gilamlar xalqning diniy tasavvurlari va etiqodlarini ozida aks ettiruvchi xandasaviy, islimi, zoomorf va antropomorf naqshlar bilan bezatilgan. Taqir gilam paxta ipidan toqilgan. Dastlab uning turli ranglardan iborat boshlanish qismi toqilgan va u "suv yoli" deb atalgan. Suv yoli qismida 3-4 qanat oq va qora iplardan orilgan "qosh uyurma", deb atalgan bezak ham solingan. Gilamning eng muhim detallaridan biri - "chetki qora", Yani gilamning chekkalari qalinligi 4-5 sm li jiyak bilan hoshiyalashgan. Unga echki junidan yigirilgan ip ishlatilgan.

Toqish jarayonida gilamning asosini tashkil etuvchi iolardan qilinga tugunchalar ong yoki chapga toliq bir marta otqizilganda oraliq asbobi oldinga yoki orqaga suriladi. Tugunchalar, agar astarli iplar boylama bolsa otkazilmaydi. Gilam toqilishi qolip oxiriga 1-1.5 metr qolganda qirqiladi. Sababi astarlik iplari oxirlangan sayin tortishib taranglashadi, uzilib ketish holati kuzatiladi.kesilgandan song gilamning ikki yoniga astarlardan qolgan qismidan bezak berilgan. Astarlik iplari uch tort dona ipdan iborat tugunchalar qilingan, bu bilan iplarning boshab ketmasligi ham ta;minlangan.

Taqir gilam toqish ancha qiyin jarayon, unga ortacha 12–14 kg atrofida ip sarflanadi. Taqir gilam toqishda Surxon vohasida yashovchi turkmanlarning ersari urugI ancha mashhur bolgan.

Qoy junidan yana oq, qora, kok va boshqa rangdagi junlardan taqiyamt tayyorlangan.jun tozalanib titiladi va sobov chop yordamida savalanadi, song qozonga solinib, har xil rangda boyalib, kanor ustiga yotqiziladi. Keyin esa turli gullar chiqariladi, asosan, rombli, xochsimon naqsh bilan bezatiladi. Shundan song, ustiga ozroqdn suv sepib, kanorning bir chetidan orab buraladi. Orab bolingach, bilak va tizza yordamida bosib, xariga tortib, urib pishitiladi, bunda asosan, yosh yigitlar ishtirok etadilar. Mazkur holat bir necha marta tkrorlangach, mahsulot tayyor holga keladi.