ⓘ Don Quixote sarguzashtlari - ispan yozuvchisi Miguel de Cervantes Saavedra qalamiga mansub roman. Birinchi qismi ilk bor 1605-yil, ikkinchi qismi 1615-yil chop ..

                                     

ⓘ Don Quixote sarguzashtlari

"Don Quixote sarguzashtlari" - ispan yozuvchisi Miguel de Cervantes Saavedra qalamiga mansub roman. Birinchi qismi ilk bor 1605-yil, ikkinchi qismi 1615-yil chop etilgan.

Odatda shunchaki "Don Quixote" deb ataluvchi bu asar muallifning eng mashhur kitobi bolib, Ispan oltin davrining hamda butun ispan adabiyotining eng sara asari hisoblanadi. Roman zamonaviy garb adabiyoti shakllanishiga katta tasir korsatgan bolib, bir necha eng sara adabiy asarlar royxatiga kiritilgan.

"Don Quixote" dunyoning koplab tiliga, jumladan, ozbek tiliga tarjima qilingan. Asarni ozbek tiliga rus tilidan Sotiboldi Yoldoshev tarjima qilgan. Roman ozbek tilida ikki marta nashr etilgan. Roman asosida onlab film suratgan olingan.

                                     

1. Syujet

Romanda janob Alonso Quixano talaffuzi: Alonso Kexana ismli idalgo haqida hikoya qiliniadi. Quixano ritsarlar sevgisi haqida juda kop asar oqib, aqldan ozadi hamda ozini la-manchalik Don Quixote talaffuzi: Don Kixot deb atab, ritsarlikni qayta tiklashga hamda dunyoda adolat ornatishga qaror qiladi.

Don Quixote sodda fermer Sancho Panzani talaffuzi: Sancho Pansa oziga eskvayr qilib oladi. Panza Don Quixotening eskirib qolgan ritsarlik haqidagi gaplariga ozgacha, hayotiy gaplar bilan javob qaytaradi. Asarning birinchi qismida Don Quixote dunyoni ozidek qabul qilmaydi va ozini ritsar deb hisoblaydi.

                                     

2. Qahramonlar

  • Don Quixote talaffuzi: Don Kixot, asl ismi Alonso Quixano talaffuzi: Alonso Kexana – idalgo, bosh qahramon
  • Sancho Panza talaffuzi: Sancho Pansa – fermer, Don Quixotening dosti
                                     

3. Ozbekcha tarjima

"Don Quixote" ni ozbek tiliga 1962-yil "Detgiz" nashriyotida chop etilgan ruscha nashrdan Sotiboldi Yoldoshev tarjima qilgan. Asar ozbek tilida ilk bor 1969-yil Toshkent shahrida "Yosh gvardiya" nashriyotida chop etlgan. Ilk nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov, I. Muslim– muharrirlar, V. Akudin – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishkina – texnik muharrir, A. Azimboyeva – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

Ozbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida Gafur Gulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyotida qayta chop etilgan. Qayta nashr kirishida Nabijon Boqiynning roman haqidagi maqolasi keltirilgan. Ozbekcha yangi nashrni tayyorlagan tahrir hayati Hakim Nazir, Anvar Obidjon, Farhod Musajonov, Quddus Muhammadiy, Raim Farhodiy, Polat Momin, Ergash Raimov, Xudoyberdi Toxtaboyev, Nosir Fozilovlardan iborat bolgan. Mazkur nashrni tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: N. Jorayeva, S. Tohirova – muharrirlar, V. Apuxtin – rassom, A. Kiva – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, Sh. Nazarova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.