ⓘ Amfibiya odam – rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Muallif romanni 1927-yil yozgan. Asar ilk bor 1928-yil Вокруг света jur ..

                                     

ⓘ Amfibiya odam

"Amfibiya odam" – rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Muallif romanni 1927-yil yozgan. Asar ilk bor 1928-yil "Вокруг света" jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida ham osha yili nashr qilingan.

"Amfibiya odam" ni ozbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Roman ozbek tilida ilk bor 1970-yil Toshkent shahrida "Yosh gvardiya" nashriyotida Belyayevning "KETS yulduzi" romani bilan birga toplam olaroq chop etilgan. 1989-yil "Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi" toplamida qayta nashr qilingan.

Asar bosh qahramoni Ixtiandr ham suvda, ham qururlikda yashay oladigan odam-amfibiyadir.

                                     

1. Syujet

Argentinalik doktor va jarroh Salvator ogli Ixtiandr umrini saqlab qolish uchun unga akula jabrasini beradi. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlanadi, ammo Ixtiandr okeandan tashqarida uzoq payt yura olmaydi, aksar vaqtini suvda otkazishga majbur boladi. Marvarid ovchisi Pedro Zurita Ixtiandr haqida bilib qoladi va uning gayriinsoniy qobiliyatlaridan foydalanmoqchi boladi.

Belyayevning boshqa asarlari kabi "Amfibiya odam" romani ogir vaziyatlarda tirik qolish imkoniyatlarini korib chiqadi. Bundan tashqari, asarda ilmiy tajribalarning axloqliligi talqin qilinadi. Romanda yana dunyodagi kambagal odamlarning ahvolini yaxshilash haqidagi sotsialistik goyalar ham tilga olinadi.

                                     

2. Qahramonlar

  • Lidding - Ixtiandrning delfin dosti
  • Arman Vilbua - okeanograf, Salvatorning dosti
  • Dolores - Pedro Zuritaning onasi
  • Baltazar - hindu; Ixtiandrning otasi bolishi mumkin
  • Jim - negr, Salvator xizmatchisi
  • Don Flores de Larra - sud xizmatchisi
  • Pedro Zurita - "Meduza" kemasi egasi
  • Xuan de Garsilasso - yepiskop
  • Guttiere - Baltazarning ogay qizi
  • Ixtiandr - odam-amfibiya
  • Salvator - doktor, jarroh va buyuk olim
  • Sheyn - professor
  • Olsen - fabrika ishchisi, Guttierening sevgilisi
  • Augusto de - prokuror
  • Kristo - Baltazarning akasi
                                     

3.1. Ozbekcha tarjima KETS yulduzi. Amfibiya odam

"Amfibiya odamni "ni ozbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Roman ozbek tilida ilk bor 1970-yil Toshkent shahrida "Yosh gvardiya" nashriyotida Belyayevning "KETS yulduzi" romani bilan birga toplam olaroq chop etilgan. Mazkur toplamni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov – muharrir, G. Jirnov – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishikina – texnik muharrir, M. Azimboyeva – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.

                                     

3.2. Ozbekcha tarjima Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi

Roman 1989-yil Toshkent shahrida Gafur Gulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyotida "Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi" toplamida qayta nashr qilingan. Toplamni ozbek tiliga 1963-yil "Молодая гвардия" nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Nizom Komilov tarjima qilgan. Asar sozboshini M. Mahmudov yozgan.

Tahrir hayati Hakim Nazir rahbar, Anvar Obidjon, Farhod Musajonov, Quddus Muhammadiy, Raim Farhodiy, Polat Momin, Ergash Raimov, Xudoyberdi Toxtaboyev hamda Nosir Fozilovlardan iborat bolgan. Mazkur nashrni tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Jorayeva – muharrir, L. Davats, A. Shatalov – rassomlar, A. Kiva – rasmlar muharriri, V. Barsukova – texnik muharrir, SH. Sobirova, SH. Nazarova – musahhihlar. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

                                     
  • KETS yulduzi. Amfibiya odam ruscha: Звезда КЭЦ. Человек - амфибия - rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy - fantastik romanlar to plami
  • Amfibiya odam Jahongir. KETS yulduzi ruscha: Человек - амфибия. Властелин мира. Звезда КЭЦ - rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy - fantastik
  • shu jumladan Professor Douelning boshi 1925 Jahongir 1926 Amfibiya odam 1928 va KETS yulduzi 1936 romanlari o zbek tiliga tarjima qilingan
  • gvardiya nashriyotida Belyayevning Amfibiya odam romani bilan birga to plam o laroq chop etilgan. 1989 - yil Amfibiya odam Jahongir. KETS yulduzi to plamida