ⓘ Martin Eden - amerikalik yozuvchi Jack London qalamiga mansub roman. Kitob olaroq birinchi marta 1909-yil Macmillan nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ilk bor 1 ..

                                     

ⓘ Martin Eden

"Martin Eden" - amerikalik yozuvchi Jack London qalamiga mansub roman. Kitob olaroq birinchi marta 1909-yil "Macmillan" nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ilk bor 1908-yilning sentabridan 1909-yilning sentabrigacha "The Pacific Monthly" jurnalida chop etilgan.

"Martin Eden" Londonning ozbek kitobxonlari orasida eng yaxshi tanilgan asarlaridan biridir. Romanni ozbek tiliga Qodir Mirmuhamedov tarjima qilgan. Ozbekcha nashr 1986-yil Toshkent shahrida Gafur Gulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan.

                                     

1. Syujet

Romanda yozuvchi bolish ishtiyoqida yurgan yosh kishi haqida soz yuritiladi. London romanda oz hayotini aks ettirgan. Ammo Londondan farqli olaroq, asar qahramoni Eden sotsializmga qarshi chiqadi. Roman qahramoni ogir mehnat qilib, shuhrat qozonadi. Ammo ozi ideallashtirgan tuzumdan hafsalasi pir bolib, umidsizlikka tushadi hamda oz joniga qasd qiladi.

                                     

2. Qahramonlar

  • Joe Dawson talaffuzi: Jo Douson – Edenning boshchisi
  • Martin Eden talaffuzi: Martin Iden – bosh qahramon; sobiq dengizchi
  • Russ Brissenden talaffuzi: Ras Brissenden – kasal yozuvchi
  • Ruth Morse talaffuzi: Rus Morz – talaba, badavlat oila farzandi
  • Lizzie Connolly talaffuzi: Lizzi Konnoli – fabrika ishchisi
                                     

3. Ozbekcha tarjima

Asarni ozbek tiliga 1961-yil Moskva shahrida "Ogonyek" nashriyotida chop etilgan nashrga asoslanib Qodir Mirmuhamedov tarjima qilgan. Ozbekcha nashr 1968-yil Toshkent shahrida Gafur Gulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Osimov – muharrir, A. Kiriakidi – rassom, I. Siganov – rasmlar muharriri, A. Boboxonov – texnik muharrir, Sh. Sobirova – musahhih. Kitob adadi – 25 000 nusxa.