ⓘ Plutoniya - rus geologi hamda geografi Vladimir Obruchev qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Muallif asarni 1915-yil yozgan. Ammo roman 1924-yilga kelibgina ..

                                     

ⓘ Plutoniya

"Plutoniya" - rus geologi hamda geografi Vladimir Obruchev qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Muallif asarni 1915-yil yozgan. Ammo roman 1924-yilga kelibgina chop etilgan. "Plutoniya" ni ozbek tiliga Olmas Muhiddin tarjima qilgan.

Romanda bir guruh olim Yerning ichki qismiga sayohat qiladi hamda yer ostida yashovchi qadimiy jonzotlarga duchor boladi. Bundan tashqari, romanda geologiyani organish, osimliklar hamda hayvonot olamini muhofaza qilish masalalari haqida soz yuritiladi.

                                     

1. Syujet

"Plutoniya" da olti tekshiruvchining Yer ichiga qilgan sayohati va ularning yerosti dunyosi ustida olib borgan kuzatishlari haqida soz yuritiladi. Kitobda Yer sayyorasining geologiyasi, tarkibi va tuzilishi haqida hikoya qilinadi.

Asarda qadimgi davrlarda yerda yashagan osimlik va hayvonlar, ularning ozgarishi, bir-birini almashtirishi va ular orasidan insonning ajralib chiqishi haqida soz yuritiladi.

                                     

2. Qahramonlar

  • Ilya Stepanovich Igolkin – kayur
  • Semyon Semyonovich Papochkin – zoolog
  • Ivan Andreyevich Borovoy – meteorolog
  • Nikolay Innokentyevich Truxanov – geofizik va astronom
  • Yakov Maksheyev – tog injeneri
  • Mixail Ignatyevich Gromeko – botanik va vrach
  • Pyotr Ivanovich Kashtanov – geolog
                                     

3. Ozbekcha tarjima

"Plutoniya" ni ozbek tiliga Olmas Muhiddin tarjima qilgan. Ozbekcha nashr 1987-yil qayta ishlanib, Toshkent shahrida "Yosh gvardiya" nashriyotida chop etilgan. Ozbek tilidagi ikkinchi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Tolqin – muharrir, A. Ponoparev – rassom, H. Rahmatullayev – rasmlar muharriri, V. Demchenko – texnik muharrir, S. Saydolimov – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.