ⓘ Gobseck - fransuz yozuvchisi va dramaturgi Honoré de Balzac qalamiga mansub qissa. Muallif qissani 1830-yil yozgan. Gobseck keyinchalik Balzacning La Comédie hu ..

                                     

ⓘ Gobseck

"Gobseck" - fransuz yozuvchisi va dramaturgi Honoré de Balzac qalamiga mansub qissa. Muallif qissani 1830-yil yozgan. "Gobseck" keyinchalik Balzacning "La Comédie humaine" romanlar toplamida chop etilgan.

"Gobseck" ilk bor eskiz olaroq 1830-yilning mart oyida "l’Usurier" "Sudxor" nomi bilan "La Mode" jurnalida chop etilgan. Osha yilning avgust oyida "Le Voleur" jurnalida ham chop etilgan. Qissa tolaligicha "les Dangers de l’inconduite" nomi bilan Mame-Delaunay tomonidan chop etilgan. Mazkur versiya 1835-yil "Papa Gobseck" nomi bilan Madame Charles-Béchet tomonidan ham chop etilgan. Qissa "Gobseck" tituli bilan 1842-yil "La Comédie humaine" toplamida chop etilgan.

                                     

1. Syujet

Qissadagi hodisalar Burbonlar restavratsiyasi davrida sodir boladi. Uning bosh qahramoni Anastasie de Restaud boy burjuaning qizi bolib, aristokratga turmushga chiqadi, ammo his-tuygusiz hayotidan zerikadi. Anastasie Maxime de Trailles degan shaxs bilan oshiq-mashuq boladi va bor mulkini unga sarflaydi. Anastasie sudxor Jean-Esther van Gobseckdan moliyaviy yordam soraydi. Maître Derville esa Gobseckning huquqshunosi boladi. Pirovardida Anastasie oilasidan ham, oilaviy boyliklaridan ham ayriladi.

                                     

2. Ozbekcha tarjima

"Gobseck" ni ozbek tiliga Mirziyod Mirzoidov hamda Mahkam Mahmudov tarjima qilgan. Qissa ozbek tilida Balzacning "Sagri teri tilsimi" qissasi bilan birga toplam olaroq chop etilgan. Toplam 1981-yil Toshkent shahrida Gafur Gulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyotida chop etilgan. Toplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Tursunov – muharrir, V. Pletuxin – rassom, A. Bobrov – rasmlar muharriri, E. Saidov – texnik muharrir, M. Abdusalomova – musahhih. Kitob adadi – 600 000 nusxa.