ⓘ Choqintirgan ota yoki mafiya sardori – italyan-amerika yozuvchisi Mario Puzo qalamiga mansub roman. Ilk bor 1969-yil G. P. Putnams Sons nashriyotida chop etilga ..

                                     

ⓘ Choqintirgan ota yoki mafiya sardori

"Choqintirgan ota yoki mafiya sardori" – italyan-amerika yozuvchisi Mario Puzo qalamiga mansub roman. Ilk bor 1969-yil G. P. Putnams Sons nashriyotida chop etilgan. Asarda Nyu-York shahrida yashovchi Don Vito Corleone boshchiligidagi mafiya oilasi haqida soz yuritiladi. Romandagi hodisalar 1945-1955-yillarda sodir boladi. Bundan tashqari, unda Don Vito Corleonening bolaligi va osmirligi haqida ham hikoya qilinadi.

Roman asosida 1972-yil film suratga olingan. 1974- hamda 1990-yillarda Puzo komagi bilan filming davomi suratga olingan. Birinchi va ikkinchi filmlar eng sara filmlar qatoriga kiradi.

Asarni rus tilidan ozbek tiliga Tursunboy Adashboyev va Muhammadjon Orinboyev tarjima qilgan. Ozbekcha nashr 2000-yil Toshkent shahrida "Sharq" nashriyotida chop etilgan. 2015-yil "Yangi asr avlodi" nashriyot-matbaasida qayta nashr qilingan.

                                     

1. Havolalar

  • "Choqintirgan ota yoki mafiya sardori" 2000-yilgi nashr Kitobxon saytida
  • "Choqintirgan ota yoki mafiya sardori" 2015-yilgi nashr Hilolnashr.uz saytida Arxivlandi 2017-04-22Wayback Machine saytida.