ⓘ Internet fenomeni yoki internet memi deb kishidan kishiga internet orqali tarqaluvchi biror faoliyat, tushuncha, shior yoki mediaga aytiladi. Misol qilib jamoat ..

                                     

ⓘ Internet fenomeni

Internet fenomeni yoki internet memi deb kishidan kishiga internet orqali tarqaluvchi biror faoliyat, tushuncha, shior yoki mediaga aytiladi. Misol qilib jamoat joylarida yerga yotib suratga tushish va Harlem Shake musiqasiga raqsga tushayotganlarni videoga olishni keltirish mumkin.

Mem lugatda "odamdan odamga tarqaluvchi goya, fel-atvor, yoki uslub" deb tariflanadi. Internet memi tasvir, havola, video, vebsayt yoki hashtag shaklida bolishi mumkin. Shunchaki soz yoki ibora, jumladan atayin xato yozilgan ibora bolishi ham mumkin. Bunday memlar odamlar orasida ijtimoiy tarmoq, blog, email yoki yangiliklar orqali tarqaladi. Internet memlari internet madaniyatining katta qismidir.

Mem sozini Richard Dawkins 1976-yilgi Xudbin gen kitobida madaniy axborot tarqalishini tushuntirish uchun kiritgan; Internet memi esa shu mem tushunchasining internetga oid qismidir.