ⓘ Adiba mehri yoki Buvi - chex yozuvchisi Božena Němcová qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1855-yil yozgan. Muallifning eng mashhur asari bolmish bu qissa che ..

                                     

ⓘ Adiba mehri

"Adiba mehri" yoki "Buvi" - chex yozuvchisi Božena Němcová qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1855-yil yozgan. Muallifning eng mashhur asari bolmish bu qissa chex adabiyotining eng muhim asarlaridan biri hisoblanadi.

Qissa chex tilida 300 martada oshiq nashr qilingan, dunyoning 21 tiliga, jumladan, ozbek tiliga tarjima qilingan. Asarda muallifning bolaligi badiiy toqima yordamida hikoya qilinadi.

                                     

1. Syujet

Qissada Němcová hayoti ideallashtirilgan tarzda hikoya qilinadi. Asarda mahalliy aholi udumlari bilan bir necha ayolning tuygulari tasvirlanadi. Undagi voqealar buvi qizining oilasi bilan birga yashash uchun kochib kelganidan keyin sodir boladi. Buvining otboqar olaroq ishlovchi kuyovi tez-tez safarga ketadi. Asarda bosh qahramonlar buvi, Viktorka hamda knyaginyalar hayoti haqida hikoya qilinadi. Barunka obrazida muallifning ozi gavdalanadi. Ammo qissa Barunka nomidan hikoya qilinmaydi.

                                     

2. Qahramonlar

  • Buvi – taqvodor, oqila, marhamatli va mehribon ayol
  • Viktorka – aqldan ozgan qiz
  • Barunka – Buvining katta nevarasi; muallif bolaligiga asoslanib yaratilgan obraz
  • Knyaginya – yuqori statusli, adolarli va mehribon ayol; muallifning homiyi Kateřina Zaháňskága asoslanib yaratilgan obraz
  • Terezka – bosh qahramonning katta qizi
                                     

3. Ozbekcha tarjima

Asarni ozbek tiliga 1956-yil Moskva Davlat badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan ruscha nashridan M. Islomov tarjima qilgan. Ozbekcha nashr 1960-yil Toshkent shahrida Ozbekiston SSR davlat badiiy nashriyotida chop etilgan. Ozbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: X. Gulomova – muharrir, O. Apuxtin – rassom, G. Ostapenko – rasmlar muharriri, M. Parpixojayev – texnik muharrir, E. Mirobidov – musahhih. Kitob adadi – 15 000 nusxa.