ⓘ Romeo va Juliet - William Shakespeare oz karyerasining boshida yozgan tragediya. Asarda ikki baxtsiz sevishganning olimi ularning oilalari ortasidagi mojaroga b ..

                                     

ⓘ Romeo va Juliet

"Romeo va Juliet" - William Shakespeare oz karyerasining boshida yozgan tragediya. Asarda ikki baxtsiz sevishganning olimi ularning oilalari ortasidagi mojaroga barham beradi. "Romeo va Juliet" "Hamlet" bilan bir qatorda Shakespearening tirikligidagi eng mashhur pyesalaridan biri bolgan. Asar eng kop sahnada korsatilgan pyesalar safiga kirgan. Hozirgi kunda pyesaning bosh qahramonlari yosh sevishganlar ramziga aylangan.

"Romeo va Juliet" fojiali sevgi haqidagi azalgi asarlar qatoriga kiradi. Asar syujeti Arthur Brooke 1562-yil "Romeus va Julietning fojiali hikoyasi" nomi bilan sheriy uslubda tarjima qilgan italyan rivoyatiga hamda William Painter 1567-yil "Rohat saroyi" inglizcha: Palace of Pleasure asarida nasr bilan yozgan versiyasiga asoslangan. Shakespeare har ikki asarga keng tayangan, lekin yangi qahramonlar, jumladan, Mercutio hamda Paris obrazlarini qoshib, syujetni boyitgan. 1591-1595-yillarda yozilgani aytiladigan bu pyesa ilk bor 1597-yil in-quarto shaklida chop etilgan. Ammo ilk nashrning sifati past bolgan. Keyingi nashrlar Shakespeare versiyasiga koproq mos keladigan qilib ozgartirilgan.

Shakespearening sheriy dramatik strukturadan foydalangani muallifning dramaturg sifatidagi qobiliyatlarini korsata olgan ilk belgilar olaroq maqtovga sazovor bolgan. Pyesada turli qahramonlar uchun turli sheriy uslubdan foydalanilgan, qahramon ozgarishi bilan bu uslub ham ozgargan. Masalan, pyesa davomida Romeoning sonet aytish qobiliyati osib boradi.

"Romeo va Juliet" bir necha marta teatr, film, myuzikl va opera uchun moslashtirilgan. Ingliz restavratsiyasi davomida pyesa William Davenant tomonidan tubdan ozgartirilgan. David Garrickning 18-asrgi nusxasida ham bir necha misra ozgartirilgan, osha paytda beadab korilgan material olib tashlangan. Georg Bendaning "Romeo va Juliet" sida kop harakatlar olib tashlangan va asarga baxtli yakun qoshilgan. 19-asrgi namoyishlar, jumladan, Charlotte Cushman versiyasida original matn tiklangan va realizmga koproq etibor qaratilgan. John Gielgudning 1935-yilgi nusxasi Shakespearenikiga juda oxshash bolib, dramatik tasirni kuchaytirish uchun qahramonlar kiyimlari va sahna Elizabeth I davriga mos qilib ozgartirilgan. Pyesa 20-hamda 21-asrlarda turli shaklda ozgartirildi. George Cukorning 1936-yilgi filmi, Franco Zeffirellining 1968-yilgi versiyasi hamda Baz Luhrmann 1996-yil yaratgan "Romeo + Julyetta" filmlari shular jumlasidandir.

"Romeo va Juliet" pyesasani ozbek tiliga ilk bor Maqsud Shayxzoda tarjima qilgan. Keyinchalik Jamol Kamol ham tarjima qilgan. Pyesa ozbek tilida bir necha marta, jumladan, bir jildi "Pyesalar" 1960, besh jildli "Tanlangan asarlar" 1981 1-jild hamda uch jildli "Saylanma" 2007 2-jild asarlarida chop etilgan.

                                     

1. Havolalar

  • "Romeo va Juliet" Ziyouz saytida Maqsud Shayxzoda tarjimasi
  • "Romeo va Juliet" Gutenberg loyihasida ingl.
  • "Romeo va Juliet" Ziyouz saytida Jamol Kamol tarjimasi