ⓘ Hamlet, toliq nomi Daniya shahzodasi Hamlet tragediyasi - William Shakespeare 1599-1602-yillar ortasida yozgan tragediya. Pyesadagi hodisalar Daniya qirolligida ..

                                     

ⓘ Hamlet

"Hamlet", toliq nomi "Daniya shahzodasi Hamlet tragediyasi" - William Shakespeare 1599-1602-yillar ortasida yozgan tragediya. Pyesadagi hodisalar Daniya qirolligida sodir boladi. Hamletning otasi Qirol Hamletning ruhi oglini amakisi Claudiusdan och olishga chorlaydi. Claudius oz akasini oldirib, taxtni qolga kiritgan boladi va akasining bevasiga uylanadi. "Hamlet" Shakespearening eng uzun pyesasi bolib, ingliz adabiyotidagi eng kuchli va tasirli tragediyalardan biri hisoblanadi. Pyesa kop marta qayta hikoya qilingan, ozgartirilgan. "Hamlet" Shakespeare tirikligidagi eng mahshur pyesalardan biri bolib, hozirgi kunda ham muallifning eng kop sahnalashtirilgan asarlaridan biridir. Asar 1879-yildan beri Qirolli Shakespeare kompaniyasi va Stratford-upon-Avondagi avvalgi teatrlarning eng mashhur pyesalari royxatida birinchi orinni egallab keladi. Asar onlab yozuvchi, jumladan, Johann Wolfgang von Goethe, Charles Dickens, James Joyce va Iris Murdochlarni ilhomlantirgan va "Cinderella" dan keyin eng kop ekranlashtirilgan hikoya olaroq tariflanadi. Shakespeare "Hamlet" i "Amleth" afsonasiga asoslangan. Bu afsona 13-asrda yashab otgan Saxo Grammaticusning "Gesta Danorum" asarida saqlab qolingan, 16-asrda olim François de Belleforest uni qayta hikoya qilgan. Shakespeare asarni yozishda Elizabeth I davrida yozilgan, hozirgi kunda "Ur-Hamlet" nomi bilan malum bolgan asarga tayangan bolishi mumkin, lekin ayrim tadqiqotchilar "Ur-Hamlet" ni ham Shakespearening ozi yozgan, keyinroq bizga malum bolgan shaklga keltirgan, deb ishonadilar. Shakespeare bosh qahramon obrazini osha paytda eng yaxshi aktyorlardan biri hisoblangan Richard Burbage uchun moslashtirib yozgan. Pyesa yozilganidan beri otgan 400 yil ichida Hamlet rolini bir necha muvaffaqiyatli aktyor ijro etgan.

Asarning dastlabki uch versiyasi saqlanib qolgan: Birinchi kvarto K1, 1603; Ikkinchi kvarto K2, 1604; hamda Birinchi infolio I1, 1623. Har bir versiyasida boshqasida yoq misralar va sahnalar bor. Pyesaning strukturasi va qahramonlari keng organilgan. Shularning biri Hamletning amakisini oldirishga ikkilanishi haqida bir necha asrdan beri davom etib kelayotgan munozaralardir. Ayrimlar bundan maqsad pyesani uzaytirish bolgan, deb hisoblasa, boshqalar bu hol qotillik qilish, rejalashtirilgan qasos hamda songan istak bilan bogliq murakkab falsafiy va axloqiy tushunchalarning ifoda etishdir, deb hisoblaydi. Keyingi yillarda tanqidchilar Hamletning yashirin istaklarini organib chiqishdi, feministlar esa kopincha salbiy tarzda korsatilgan Ophelia Ofeliya hamda Gertrude Gertruda obrazlarini qayta baholab, tiklashga urinishdi.

"Hamlet" pyesasani ozbek tiliga ilk bor Maqsud Shayxzoda tarjima qilgan. Keyinchalik Jamol Kamol ham tarjima qilgan. Pyesa ozbek tilida bir necha marta, jumladan, bir jildi "Pyesalar" 1960, besh jildli "Tanlangan asarlar" 1983 3-jild hamda uch jildli "Saylanma" 2007 1-jild asarlarida chop etilgan.

                                     
  • Hamlet AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan shahardir. Richmond County okrugi tarkibiga kiradi. 5749 nafar aholi istiqomat qiladi 2006 Maydoni
  • Hamlet AQShning Indiana shtatida joylashgan shahardir. Starke okrugi tarkibiga kiradi. 800 nafar aholi istiqomat qiladi 2010 Aholi zichligi har kvadrat
  • Shayxzoda, G afur G ulom va Uyg un tarjima qilgan. To plamga Hamlet inglizcha: Hamlet Othello inglizcha: Othello Qirol Lear inglizcha: King
  • Makr va muhabbat Osvald Arvoh Rustam Paranji sirlari Hamlet Hamlet Arbenin Maskarad Mirzo Ulug bek Mirzo Ulug bek Devyatoye
  • Graf Emond, Nurxon da Mamat, Hoji, Tohir va Zuhra da Qorabotir, Hamlet da Hamlet Sarvqomat dilbarim da Ilyos, Ezop da Ksaf, Aziz va Sanam da Junaidxon
  • suratga tushib shuhrat qozongan. Kinodan tashqari u teatrda ham o ynaydi. Hamlet pyesasida bosh rolni o ynab, tanqidchilar maqtoviga sazovor bo lgan. Keanu
  • Parvona G ofir Boy ila xizmatchi Fazliddin Noma lum kishi Hamlet Hamlet Karl Moor Qaroqchilar Mindaugas Mindaugas Jaloliddin
  • Ferdinand Lope de Vega, Qo zibuloq qishlog i Go rkov U.Shekspir Hamlet Shayx Ismoil K.Yashin, A.Umariy, Hamza Saidmalik E.Vohidov, Oltin
  • rollari: Qaynona Qaynona Sena Ilon to yi Rada Zulm ostida Nora Nora Ofeliya Hamlet va boshqa O zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000 - yil
  • Neznamov, Akllilik balosi da Chatskiy, Makr va muhabbat da Ferdinand, Hamlet da Laert, So na da Artur, Tulki va uzum da Ezop kabi rollari bilan tanilgan