ⓘ Ajdodlarimiz qismati - fransuz yozuvchisi J H. Rosny qalamiga mansub tarixiy roman. Ilk bor 1909-yil nashr qilingan. Alohida asar sifatida esa 1911-yil chop eti ..

                                     

ⓘ Ajdodlarimiz qismati

"Ajdodlarimiz qismati" - fransuz yozuvchisi J H. Rosny qalamiga mansub tarixiy roman. Ilk bor 1909-yil nashr qilingan. Alohida asar sifatida esa 1911-yil chop etilgan.

Asardagi hodisalar qadim zamonda sodir boladi. Romanning asosiy qahramonlari ibtidoiy odamlar bolib, asarda ularning olovni ozlashtirish uchun qilgan kurashi haqida hikoya qilinadi. Roman bir necha tilga, jumladan, ozbek tiliga tarjima qilingan. Asarni ozbek tiliga Xayrulla Ergashev tarjima qilgan.

                                     

1. Syujet

Oulhamrlar talaffuzi: Ulamr qabilasi asrlar davomida olovni saqlab keladi, ammo uni yaratishni bilmaydi. Dushmanlarga qarshi kurash davomida qabila olovi ochib qoladi. Qabila boshchisi Faouhm talaffuzi: Faum olovni topib kelgan odamga qizi Gammlani talaffuzi: Gammla uzatishni vada qiladi.

Bu chaqiriqqa botir Naoh talaffuzi: Nao rozi boladi. Naoh yana ikki botir – Nam talaffuzi: Nam va Gawni talaffuzi: Gov oziga sherik qilib oladi. Qabilaning Gammlaga erishishni xohlovchi yana boshqa azolari – aka-uka Aghoolar talaffuzi: Agu Naohga raqib boladi.

Naoh sheriklari bilan odamlar uchun xavf tugdiradigan xudularda olov izlaydi. Ular yovvoyi hayvonlar, boshqa qabilalar tugdirgan xavf-xatarga duch keladilar. Naoh va uning dostlari nihoyat Agoolarni yengib chiqib, qabilaga olovni qaytaradilar.

                                     

2. Qahramonlar

  • Gaw talaffuzi: Gov – Naohning dosti
  • Faouhm talaffuzi: Faum – Oulhamrlar talaffuzi: Ulamr qabilasi boshchisi
  • Naoh talaffuzi: Nao – olov topib keluvchi botir
  • Gammla talaffuzi: Gammla – Faouhmning qizi
  • Aka-uka Aghoolar talaffuzi: Agu – Naoning raqiblari
  • Nam talaffuzi: Nam – Naohning dosti
                                     

3. Ozbekcha tarjima

Asarni ozbek tiliga 1966-yil "Detgiz" nashriyoti chop etgan nashrga asoslanib Xayrulla Ergashev tarjima qilgan. Ozbekcha nashr 1974-yil Toshkent shahrida "Yosh gvardiya" nashriyotida chop etilgan. Ozbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Shomirzayev – muharrir, N. Pirogov – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishikina – texnik muharrir, M. Nazirova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.