ⓘ Oq soyloq, bazan Oq soyloqtish olaroq tarjima qilinadi - amerikalik yozuvchi Jack London qalamiga mansub roman. Kitob olaroq birinchi marta 1906-yil Macmillan n ..

                                     

ⓘ Oq soyloq

"Oq soyloq", bazan "Oq soyloqtish" olaroq tarjima qilinadi - amerikalik yozuvchi Jack London qalamiga mansub roman. Kitob olaroq birinchi marta 1906-yil "Macmillan" nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ilk bor osha yili "Outing" jurnalida chop etilgan.

Romandagi hodisalar 1890-yillarda Kanadada sodir boladi. "Oq soyloq" muallifning "Yovvoyilik chaqirigi" inglizcha: The Call of the Wild romanining sherigi va mavzu jihatdan aksidir. "Oq soyloq" romanining bosh qahramoni bori bolsa, "Yovvoyilik chaqirigi" romanining bosh qahramoni xonakilashtirilgan it haqidadir.

Roman bosh qahramon Oq soyloq nuqtai nazaridan sozlab beriladi. Bu esa muallifga jonivorlar dunyoga va insonlarga qanday koz bilan qarashi haqida yozish imkonini bergan. Asarda axloq kabi murakkab mavzular ham korib chiqiladi. Roman bir necha tilga, jumladan, ozbek tiliga tarjima qilingan, uning asosida bir necha film suratga olingan.

"Oq soyloq" garbda roman hisoblanadi. Rossiyada, shu sabab Ozbekistonda ham qissa deb yuritiladi. Romanni ozbek tiliga Olim Otaxon tarjima qilgan. Ozbekcha nashr 2010-yil Toshkent shahrida Gafur Gulom nomidagi nashriyot-matbaa uyida chop etilgan.

                                     

1. Syujet

Bir indeysning iti undan qochib ketadi. Oradan yillar otib indeys itni boricha bilan korib qoladi. Borichaga Oq soyloq laqabini berishadi.

Bori ulgayadi, insonlarga boysunishni organadi. Oq soyloq nomaqbul xojayon qoliga tushib qoladi. Bu xojayin it urishtirishga qiziqadi. Janglarning birida Oq soyloq olishiga oz qoladi. Buni yosh Weedon Scott talaffuzi: Uidon Skott ismli muhandis korib qoladi va Oq soyloqni sotib oladi. Scott Oq soyloqqa yaxshi qaraydi, ikkisi bir-biriga boglanib qoladi.

                                     

2. Qahramonar

  • Weedon Scott talaffuzi: Uidon Skott – Oq soyloqning uchinchi xojayini
  • Oq soyloq – bosh qahramon; bori
  • Beauty Smith talaffuzi: Byuti Smit – Oq soyloqning ikkinchi xojayini
  • Grey Beaver talaffuzi: Grey Biver – Oq soyloqning birinchi xojayini
                                     

3. Ozbekcha tarjima

Asarni ozbek tiliga rus tilidan Olim Otaxon tarjima qilgan. Ozbekcha nashr 2010-yil Toshkent shahrida Gafur Gulom nomidagi nashriyot-matbaa uyida chop etilgan. Mazkur nashr lotin yozuvida nashr qilingan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shoyim Botayev – muharrir, Akrom Bahromov – rassom, Shuhrat Mirfayozov – rasmlar muharriri, Tatyana Smirnova – texnik muharrir, Dono Toychiyeva – musahhih, Jamila Turgunova – komputerda sahifalovchi. Kitob adadi – 3 000 nusxa.