ⓘ Dovonlar ..

Dovon

Dovon - togning oshib otish qulay bolgan joyi. Ozbekistonda D. sozi bilan birga bel, oshuv atamalari ham ishlatiladi. Tarixiy manbalarda uchraydigan art, aqba, kotal sozlari ham. D.ning sinonimlaridir. Ilgarilari D.dan piyoda yoki ot-ulovda oshishgan. Hozir Orta Osiyoda, jumladan Ozbekistonda bir qancha D.lardan avtomobil yoli otadi. Mas, Qamchiq D.idan Toshkent - Qoqon yoli, Taxtaqoracha D.idan Katta Ozbekiston trakti otadi va h.k.

Apt

Apt, ort– qadimgi geografik atama, dovon demakdir. A. atamasi Mahmud Koshgariyning "Devonu lugotit turk" asarida, turkiy runik yozuvlardayoq uch-raydi. Hozirgi vaqtda, asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. A. sozidan tuzilgan joy nomlari Qirgizistonda koproq uchraydi: Balgart, Jangiart, Kochart, Ogochart, Turugart, Qayinart, Qizart, Qizilart va boshqa

Anzob

Anzob – Hisor tizmasidagi dovon. Tojikiston Respublikasida. Bal. 3372 m. A. dovoni orqali Dushanba – Toshkent avtomobil yoli Yagnob vodiysidan Varzob vodiysiga otadi.

Arashon

Arashon – Chatqol tizmasi bilan Qiziltor tizmasi orasidagi dovon. A. orq-li Ohangaron vodiysidan Oqbuloq soyi vodiysiga otiladi. Bal. 3112 m. Dovonning janubi-sharqiy yon bagri yassi, shimoli-garbiy yon bagri tik. A. oktabrning ikkinchi yarmida qor bilan qoplanib, may oyida qori erib ketadi.

Bozorxonim

Bozorxonim - Turkiston tizma toglari markazidagi dovon. Sangzor daryosi vodiysi bilan Zarafshon daryosi vodiysining Tojikistonga qarashli qismini birlashtiradi. Zomin togormon davlat qoriqxonasi hududida joylashgzn. Mutlaq balandligi 3401 m. Dovon yon bagri ancha tik bolib, unga Boyqongirsoy vodiysi boylab otgan soqmoq yoldan boriladi. Dovonda iqlim sovuq, ortacha yillik temperatura - 1°, yiliga 700–800 mm yogin tushadi. B.dan Boyqongirsoy boshlanadi. Dovondan yozning dastlabki kunlaridan boshlab kech kuzgacha piyoda va otda otish mumkin.

Chashmardon dovoni

Chashmardon dovoni - Chumqor tog tizmasining markaziy qismidagi dovon. Ozbekiston bilan Tojikiston chegarasida. 2868 m balandliqsa joylashgan. Dovon orqali Sangzor vodiysidan Zarafshon vodiysiga otiladi.

                                     

Kotal

Kotal - toglardan oshib utgan yol, pastroq dovon. K sozi tarixiy manbalarda, mas, "Bobirnoma"da joy nomlari tarkibida uchraydi. Ozbekistonda Ozbekkutal, Qozoqkotal degan joylar bor.

                                     

Axbaxojakaspi dovoni

Axbaxojakaspi dovoni – Surxondaryo viloyati bilan Tojikiston Respublikasi chegarasidagi dovon. Machitli tizma togining shimoli-sharqiy qismida, Kishtut daryosi, Xojakaspi irmogining yuqori oqimida joylashgan. Balandligi 3870 m. Garbiy yon bagirlari qor va muzliklar bilan qoplangan va sharqiy yon bagriga nisbatan qiyaroq. Axbaxojakaspi dovoni orqali yoz oylarida Xojakaspi daryosi vodiysidan Sandaldaryo vodiysiga otiladi.

                                     

Belovti dovoni

Belovti dovoni - Boysuntogning shim.dagi dovon. Belovti va Xujabozbarak toglari tutashgan joyda. Mutlaq balandligi 3650 m. Dovondan Xojaipok va Sangardak daryo vodiylariga baland tog yollari utadi. Belovti dovoni dan garbga Machaydaryo va Qashqadaryo vodiylariga ikkita tor yol ketgan.

                                     

Burgutli dovoni

Burgutli dovoni - Turkiston tizma toglarining suvayirgich qismidagi dovon. Ozbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi chegarasida joylashgan. Balandligi qariyb 2960 m. Burgutli dovoni orqali Sangzor vodiysidan Zarafshon vodiysiga piyoda yoki ulovda otish mumkin. Sangzor daresining yuqori oqimidagi Kokjarsoy orqali kotarilib Burgutli dovoni dan Zarafshon daryosi vodiysiga Kozboysoydagi yol bilan tushiladi. Burgutli dovoni dan iyun - sentabr oylarida foydalanish mumkin.

                                     

Haybar dovoni

Haybar dovoni - Safedkoh tizmasidagi dovon, Afgoniston bilan Pokiston chegarasida. Uz. 53 km, eni 15–130 m. Eng baland joyi 1030 m. Temir yol va avtomobil yoli otgan.

                                     

Kodori dovoni

Kodori dovoni - Katta Kavkaz ning suvayirgich tizmasi orqali otadigan dovon. Dogistondagi Andi Koysuvning yuqori qismidagi vodiy bilan Gruziyadagi Alazani vodiysini birlashtiradi. Bal. 2365 m.

                                     

Krestoviy dovoni

Krestoviy dovoni, Gudauri dovoni - Katta Kavkazning Suvayirgich tizmasi orqali Terek daryosi vodiysidan Aragvi daryosi vodiysiga otiladigan dovon. Balandligi 2379 m. Krestoviy dovoni orqali Gruziya harbiy yoli otadi. Nomini, dovondan oshish nuqtasini belgilash uchun 1824-yilda ornatilgan tosh butdan olgan.

                                     

Latoband dovoni

Latoband dovoni - Turkiston tizmasi tarkibiga kiruvchi Qizilkamar toglari dagi dovon. Balandligi 1995 m. Mart - oktabr oylarida foydalanish mumkin. Dovon orqali Baxmal tumani markazi Usmatdan Yangiobod qishlogi va Zafarobod shaharchasiga otilib, Zarafshon vodiysiga tushiladi.

                                     

Mamison dovoni

Mamison dovoni - Katta Kavkazning Bosh, yani Suvayirgich tizmasining markaziy qismidan otgan dovon. Ardon daryosi vodiysidan Rioni daryosi vodiysiga otiladi. Bal. 2829 m. Mamison dovoni orqali Alagir shahridan Kutaisi shahri gacha Osetiya harbiy yoli otgan.

                                     

Muzbel dovoni

Muzbel dovoni - Chatqol tizma toglari dagi dovon. Balandligi 3060 m. Ohangaron vodiysidagi Yangiobod shahridan chiqqan yolovchilar Dukantsoy, Alatanga, Muzbel soylarining vodiylaridan Muzbel dovoniga, undan Muzbel tizmasi suvayirgichi orqali Teraklisoy, Oqbuloqsoy, Chatqoldaryosi vodiylariga, songra Burchmulla qishlogiga otishlari mumkin. Dovondan iyun-sentabr oylarida foydalanish xavfsiz.