ⓘ Orollar ..

Admiralteystvo orollari

Admiralteystvo orollari -Tinch okeandagi vulkan va marjon orollari; Bismark arxipelagida. Papua-Yangi Gvineya tarkibida. Maydoni 2072 km². Asosiy shahri – Lorengau. Aholisi qariyb 40 ming kishi, asosan papuaslar. Eng baland joyi 719 m. Orollar ormon bilan qoplangan. Kokos palmasi ostiriladi, baliq ovlanadi. Admiralteystvo orollari ni 1527–29 yillarda ispan dengizchisi A. Saavedra kashf etgan.

Bali

Bali - Malayya arxipelagidagi orol. Indoneziyaga qarashli Kichik Zond o.lari todasida. Maydoni 5.6 ming km². Aholisi 2 mln. kishidan ortiq. Yirik shahri - Denpasar. Orolning yer yuzasi togli, sharqiy qismida Agung vulkani bor. Iqlimi tropik, musson iqlimi. Yozi seryogin. Tropik ormonlar bilan qoplangan. Plantatsiyalarda sholi, kofe, kakao yetishtiriladi. B. Indoneziya madaniyati va sanatining qad. markazi. B.da memoriy yodgorlik kop, jumladan "Qirollar mozori" - qoyaga oyib ishlangan fasadlar, "Fil gori" va boshqa Orolga koplab turistlar kelib turadi.

Bering oroli

Bering oroli - Bering dengizining Komandor orollari guruhidagi orol. Maydoni 1.7 ming km². Jan.sharqiy qismi togli, paleogenneogenning tuf va antropogenning effuziv yotqiziqlaridan tuzilgan. Iqlimi okean subarktika iqlimi. Yiliga 500 mm yogin yogadi. Asosan, tundra osimliklari, soyliklarda lakana kayin, tol, chetan osadi. Sohilida dengiz mushugi, sivuch yashaydi. Aholisi - ruslar va aleutlar. V. Bering nomi bilan atalgan.

Bioko oroli

Bioko oroli - Atlantika okeanining Gvineya qoltigidagi orol, Afrika qirgoqlari yaqinida. Ekvatorial Gvineya provinsiyasi. Maydoni 2017 km². Aholisi 100 ming kishidan ortiq. Orol vulkan massivlarining qoshilishidan paydo bolgan. Doim yashil tog tropik ormonlar bilan krplangan. TikodeSantaIsabel qoriqxonasi bor. Kakao, kofe plantatsiyalari mavjud; maniok, yer yongoq, shakarqamish yetishtiriladi. Orodda Ekvatorial Gvineya poytaxti - Malabo shahri joylashgan.

Borsakelmas

Borsakelmas - Orol dengizining shimoliy garbiy qismidagi orol. Qozogistonning Kizilorda viloyatida. Uz. 27 km, eni garbda 11.5 km, sharkda 2.5 km. Maydoni 133 km². Qirgoqlari asosan tekis, past, janubiy qirgogi bir oz baland va qoyali. Yer yuzasi tepalik va soyliklardan iborat pasttekislik. Aksari qismining balandligi 100 m, eng baland joyi 113 m. B. da doimiy va muvaqqat kollar, sohilida shor kollar uchraydi. Orolning shimoliy yarmi qumli pasttekislik, unda qum tepalari va taqirlar kop. Borsakelmas asosan paleogen ning mergelli va qumli gillari hamda kvarsli qumlaridan, janubiy eng baland ...