ⓘ Chollar ..

Chol

Sahro - 1) Yaqin va Orta Sharq mamlakatlarida, xususan, arab va fors tillarida chul manosida ishlatiladigan atama. Joy nomlari sifatida ham qollaniladi, mas, Saqroi Kabir. Ozbek tilida, xususan, badiiy adabiyotlarda bazan chol sozining sinonimi sifatida ham ishlatiladi; 2) Arktika va Antarktikadagi sovuq, qor va muz qoplagan yerlar. Chol yoki sahro deb juda oz miqdorda yogin sodir boladigan mintaqaga aytiladi. Aksariyat chollarda yogin yiliga 400 mm dan kam boladi. Yiliga 250 mm dan kam yoginli chollar haqiqiy, 250 - 400 mm orasida yogin oladigan chollar esa yarimchol yoki dasht, deyiladi. ...

Ajal vodiysi

Ajal vodiysi -AQSH janubi-garbida joylashgan Moxa-ve cholidagi tog oraligi botigi. Amargosa va Panamint tizmalari oraligidagi suvsiz joy. Uz. 250 km chamasida, maydoni qariyb 840 ming ga. Yer kurasidagi eng chuqur joylardan biri va qaqragan chol. Shimoliy Amerikadagi eng past joy. Havoning mutlaq maksimum temperaturasi 56.7°. 1849 yilda bu yerda bir guruh ol-tin qidiruvchilar tashnalikdan nobud bolganligidan vodiy shunday nom olgan. Milliy tabiat yodgorligi sifatida 1933 yildan muhofaza qilinadi.

Arabiston choli

Arabiston choli – Afrikadagi chol. Sahroi Kabirning shimoli-sharqiy qismi. Nil daryosi bilan Qizil dengiz oraligida. 22° sh.k.gacha chozilib borib, Nubiya choliga qoshilib ketadi. Yer yuzasi yassitoglik. Mutlaq balandligi garbda 50 – 200 m, sharqda 2184 m ga yetadi. Kri-stall jinslardan tashkil topgan, ustini ohaktosh va Nubiya qizil qumtoshlari qoplagan. Iqlimi issiq. Yogin bir necha yillar davomida yogmasligi mumkin. Quruq ozan, vodiy kop. Yer osti suvlariga boy. Osimlik turi kam. Aholisining kopchiligi chorvachilik bilan shugullanadi. Neft, qalay, fosforit konlari bor.

Betpaqdala

Betpaqdala - Qozogistondagi chul. Sarisuv daryosi quyi oqimi va Chu daryosidan Balxash kuligacha chozilgan. Jan.da Chu daryosi bilan chegaralangan, shim. chegarasi 46°30’ shahri k.ka togri keladi. Maydoni qariyb 75 ming km². B. urqirli baland tekislik; dengiz sathidan urtacha balandligi 300–350 m, garbiy qismining balandligi 250 m, sharqiy kismi esa 450 m. Eng baland joyi 974 m. Tepaliklari yassi, kopincha granit va slaneslar yer yuzasiga chiqib yotadi. B.ning garbiy qismi gilli yerlar bolib, shurxok, taxirshur kul kop. Orta va jan. qismi dong qumliklardan iborat, yer yuzasi chaqirtosh bil ...

Borsiq qumlari (chol)

Borsiq qumlari - Orol dengizidan shimolidagi qumli chollar, Qozogistonning Oqtoba viloyatida. Katta Borsiq va Kichik Borsiq qumli chollarga bolinadi. Katta Borsiq qumlari ning uz. qariyb 200 km, Kichik Borsiq qumlari ning uz. 100 km cha, ortacha balandligi 100 m gacha bolib, qator qum tepalari va barxanlardan iborat. Katta Borsiq qumlari va Kichik Borsiq qumlari bir-biridan gilli, qumoqli, shorxok va taqirli pastliklar bilan ajralib turadi. Tekis yerlarda shuvoq, shora, erkakot, buta, kserofit osimliklar osadi, qum tepalarining yon bagirlari yulgun, quyonsuyak, qandim va chingilzorlar bila ...

Dalvarzin choli

Dalvarzin choli - Toshkent viloyatidagi chol, Sirdaryoning orta oqimi sohili bilan Mogultog va Oltintepa toglari etaklari oraligida joylashgan. Relyefi gil va qumlardan tarkib topgan past-baland tekislikdan iborat. Yanvarning ortacha temperaturasi - 1°, iyulniki 30°. Sovuq bulmaydigan kunlar 210 kun. Dalvarzin cholining nam otloq tuprogida chirindi kop. Markaziy qismi och tusli kashtan tuproqdan iborat. Qum, shorxok va shagalli yerlar ham uchraydi. Shimoliy va sharqiy qismidagi tog oldi Kakayalar S Nasos stansiyalari - g Gidrouzellar qiya tekisliklarining tuprogi serunum boz tuproq. Dalvar ...

                                     

Dashti Margo

Dashti margo - Afgonistonning jan garbdagi chol, Hilmand va Xashrud daryo vodiylari oraligida. Mayd. 150 ming km². Bal. 500 - 700 m. Dor daryosining qurigan ozani kesib otadi. Iqlimi subtropik; yogin yiliga 50 - 100 mm. Yer yuzasining kop qismi toshloq va gil tuproqli, bazi joylarida shuvoq va boyalichlar osadi. Jan garbida qum tepalari bor, ular oraligi esa taqir va shorxoklardan iborat. Yaylov chorvachiligi va tuyachilik bilan shugullaniladi. Cholning chekka qismida vohalar uchraydi.

                                     

Sarieshik-otrov

Sarieshik-otrov - Balxash kolidan jan.rokdagi qumli chol. Qozogiston Respublikasi hududida, Ili va Qoratol daryolari oraligida. Garbiy kismida Ili daryosining qad. ozanlari, shimolida mavsumiy soyjilgalar uchraydi. Juyakli qum tepalari kop. Garbiy qismida saksovulzorlar, sharqida teresken, juzgun, shuvoq, qizilcha osadi. Ili va Qoratol daryolari vodiylarida toqay osimliklari uchraydi. Sdan qishki yaylov sifatida foydalaniladi. Qad. qurUK ozanlarda sholikorlik qilinadi.

                                     

Simpson choli

Simpson choli - Avstraliyaning markaziy qismidagi chol. Maydoni 3000 km². Eng baland joyi 30 m. Ortacha tra yanvarda 30°, iyulda 12 - 5°. Yillik yogin 130 mm gacha. Yer osti suvlariga boy. Kserofit butalar, akatsiya va evkaliptlar osadi. Milliy boglar tashkil etilgan.