ⓘ Isroil Madrimov - 75 kg vazn toifasida istedodli bokschi, Boks boyicha Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, Osiyo oyinlari golibi, professional boksda ..

                                     

ⓘ Isroil Madrimov

Isroil Madrimov - 75 kg vazn toifasida istedodli bokschi, Boks boyicha Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, Osiyo oyinlari golibi, professional boksda WBA Intercontinental kamari sohibi va "Uzbek Tigers" jamoasi azosi.

                                     

1. Biografiya

  • Isroil Madrimov boks bilan 2006 yildan shugullanadi. Birinchi murabbiylari - Bahrom Quryozov, Ruslan Ibodullayev va Quvondiq Jabborov.
  • Rossiyaning Beloyarskiy shahrida 2017 yilning 22-27 noyabr kunlari otkazilgan boks boyicha Neft mamlakatlari jahon kubogi musobaqasining finalida Isroil Madrimov 75 kg vazn toifasida rossiyalik taniqli sportchi Andrey Kovalchuk bilan kuch sinashdi. Rossiyalik sortchining qoli baland kelib, Isroil kumush medal bilan chegaralandi.
  • 2014 yilda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bolib otgan XVII Osiyo oyinlarida dastlabki xalqaro sovrinini qolga kiritgan. Musobaqada finalgacha yetib borgan Madrimov, hal qiluvchi bahsda jahon chempioni, qozogistonlik Daniyar Yeleusinovga qarshi ringga chiqib, bellashuvni boy bergan va kumush medal sohibiga aylangan.
  • 2010 yilda Chirchiq olimpiya zaxiralari sport kollejiga oqishga kirgan. Tolqin Qilichev, Rustam Saidov, Ikrom Berdyiev, Alisher Rahimov kabi ustozlardan saboq olgan.
  • 2017 yil Toshkentda bolib otgan boks boyicha Osiyo chempionatida Isroil Madrimov oltin medalni qolga kiritib, Osiyo chempioniga aylangan. Finalda Madrimov, koreyalik bokschi Dong Yun Lini katta ustunlik bilan maglub etgan.
  • 2017 yilning 8-12 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi "Dinamo" sport saroyida boks boyicha Sankt-Peterburg gubernatori kubogi bellashuvlari bolib otdi. Musobaqaning eng yorqin bokschilaridan biri sifatida etirof etilgan Isroil Madrimov finalda rossiyalik Igor Ivanchenkoni katta ustunlik bilan maglub etdi. Bundan tashqari Isroil musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya etirof etildi.
  • 2017 yilning oktabr oyida Qozogistonning Aktau shahrida bolib otgan boks boyicha xalqaro turnirda Isroil Madrimov 75 kg vazn toifasida tengsiz ekanligini isbotladi va oltin medalni qolga kiritdi. Tashkilotchilar Isroil Madrimov Qozogistondagi turnirning eng yaxshi bokschisi deb topishdi.