ⓘ Neapol shevasi - Italiyaning Neapol viloyatida tarqalgan shevadir. Bu sheva ozining qadimiyligi bilan ajralib turadi. UNESCO tashkilotining qaroriga asosan neap ..

                                     

ⓘ Neapol shevasi

Neapol shevasi - Italiyaning Neapol viloyatida tarqalgan shevadir. Bu sheva ozining qadimiyligi bilan ajralib turadi. UNESCO tashkilotining qaroriga asosan neapol shevasi "olib borayotgan" til sifatida nomoddiy meroslar royxatiga kiritilgan.

                                     

1. Neapolitan shevasining qurilishi

Neopolitan dialektini organish italyan tilidan xabari bor oquvchi uchun u darajada muammo yaratmaydi, ammo ba’zi bir jihatlari borki, uni faqat neapol dialekti sohibi tushuntirib berishi mumkin. Neapolitan dialekti bir qarashda tushunarsiz tovushlar yi’gindisiday korinadi. Lekin bu dialektning ham oziga yarasha gap qurilishi tartibi, grammatikasi va boshqa qoidalari mavjud.

Neapolitan alifbosi 26 harfdan iborat va undoshlar talaffuzi qaysidir ma’noda italyan tilidagi undoshlar bilan mos tushadi, lekin unlilar talaffuzi ozgachadir. Misol uchun," o” hamda" e” harflari soz oxirida yo umuman talaffuz qilinmaydi yo boshqa unliga aylanadi.

Misol uchun," parlo” gapiryapman sozidagi" o” harfi fransuz tilidagi" e”ga monand talaffuz qilinadi, ya’ni" parle”, yoki umuman talaffuz qilinmaydi. Neapolitan dialekti tovushlari bilan ham tanishib chiqsak:

Orfografiya tomondan Neapolitan tilida undoshlar tez-tez ikkilanib turadi. Misol uchun, italyan tilidagi" fame” och sozi neapolitan tilida" famme” korinishida," camice” kiyim sozi esa" cammece” tarzida yoziladi. Neapolitan dialektida otlar 3 ta rodga ega: mujskoy, jenskiy va sredniy. Har bir rod uchun quyidagi artikllar ishlatiladi:

Mujskoy rod otlari kopincha" o” bilan, jenskiy rod otlari esa" a” bilan tugallanadi. Koplik shaklda hamma otlarning ham song harfi ozgarmaydi. Eng yaxshi usul otning artikliga qarash. Neapolitan dialektining noaniq artikllari quyidagilar: na – undosh bilan boshlanuvchi birlikdagi jenskiy rod otlari oldidan; nu - undosh bilan boshlanuvchi birlikdagi mujskoy rod otlari oldidan; n’ – unli bilan boshlanuvchi istalgan rod otlari oldidan. Misol uchun, nu sicchio un secchio, nàceno un chicco va na fémmena una donna, nammènnola una mandorla.

Neapolitan dialektida asosiy predloglar a, a, cu, d / e, pe, tra, nfino a, addu. Quyidagi istisnolardan tashqari bu dialektda predloglar artikllar bilan qoshilishmaydi:

â = a + a = alla ê = a + e = ai, agli, alle ô = a + o = al, allo

Neapolitan dialektida sifatlar shaxs-son, rodga kora ozgaradi, masalan: a scigna janca –" la scimmia bianca” oq maymun.

Olmoshlar ham italyan tili olmoshlaridan ozmi-kopmi farq qiladi. Olmoshlar shaxs-son hamda otning rodiga qarab turlanadi. Misol uchun, kishilik olmoshlari io, tu, essa/isse, nuje, vuje, isse/loro, italyan tili kishilik olmoshlari esa mos ravishda io, tu, lei/lui, noi, voi, loro. Korib turganimizdek, orfografik jihatdan farq mavjud. Bundan tashqari neapolitan tilida olmoshlarning yana besh turi mavjud. Egalik olmoshlarida esa ma’lum bir oxshashlik saqlanib qolgan, ya’ni neapolitan dialektida mio, tujo, sujo, nuosto, vuosto, lloro va italyan tilida mos ravishda mio, tuo, suo, nostro, vostro, loro boladi hamda ozbek tilida egalik olmoshlari kishilik olmoshlariga qaratqich kelishigini qoshish orqali hosil boladi. Korsatish olmoshlari imlosida va talaffuzida ba’zi bir oziga xosliklar mavjud. Korsatish olmoshlari matn konteksidan kelib chiqgan holda sifatlarning ornida ishlatilishi mumkin.

Neapolitan dialektida ham fe’llarning 3 shakli mavjud bolib, toliqsiz shaklida -à, -é yoki -ere, va -í bilan yakunlanadi. Eslatib otish lozimki, italyan tilida toliqsiz fe’llar –are, -ere va -ire suffikslari bilan yakunlanadi. Tuslanishning ikki turi mavjud. Bular –à bilan yakunlanuvchi fe’llar uchun hamda qolgan fe’l shakllari uchun. Neapolitan dialektida asosiy 3 fe’l zamoni mavjud bolib, hozirgi zamondan boshqa zamonlar italyan tili kabi zamon tarkibidagi zamonlarga bolinadi. Har bir zamon uchun fe’llar shaxs va sonda tuslanadi. Ingliz, fransuz, ispan tillari kabi italyan tilida ham, shu jumladan neapolitan dialektida ham fe’llarning togri va notogri shakllari bor.

                                     

2. Neapoletan lahjasida yozilgan matnlarning lingvistik tahlili

Yuqorida biz neapolitan dialektining grammatikasi togrisida ozmi-kopmi ma’lumotga ega boldik. Endi esa neapolitan tilida yozilgan matnlarning lingvistik tahliliga e’tibor qaratamiz, ya’ni dialektda yozilgan gaplarning italyan tiliga tarjimasi qanday bolishi va qanday ozgarishlar bolishiga e’tibor qaratamiz.

Masalan, neapolitan tilidagi quyidagi gapni olaylik:

Sì bell, ma nun abball

Bu gap italiyan tiliga" sei bello, ma non sei ballare” deb tarjima qilinadi, ya’ni" sen gozalsan, biroq sen raqs tushmas ekansan”. Korinib turibdiki, neapolitan dialekti bilan uning italyan tilidagi korinishi orasida biroz farq bor. Gap boshida kelgan" sì” biz organyotgan" ha” ma’nosida kelmayapti, u" essere” fe’lining ikkinchi shaxs birlik shaklidir va" -san” degan ma’noda kelyapti." Essere” fe’li neapolitan dialektida" songo, sì, é, simmo, site, songo” shakllarida tuslanadi." Bell” sozida tovush tushishi sodir bolgan." Abball” esa" ballare” fe’lining neapolitancha korinishidir. Keyingi misolga otsak:

T’attigg e t’amarigg ma te cunosc’n a Pariggi

Mashxur ashuladan olingan bu parchaning italyan tilidagi korinishi quyidagicha:

Un matrimonio napoletana, se comincia oggi finisce domani

Neapolitan tilida ajoyib qoshiqlar yozilgan. Bunga misol qilib, hozirda ham mashxur hisoblangan" O sole Mio” qoshigi aynan neapolitan dialektida yozilgan. Qoshiq matni quyidagicha:

Che bella cosa na jurnata e sole, n’aria serena doppo na tempesta! Pe’ ll’aria fresca pare gia’ na festa Che bella cosa na jurnata e sole.Ma n’atu sole cchiu’ bello, oi ne’. O sole mio sta nfronte a te! O sole, o sole mio sta nfronte a te, sta nfronte a te!Lùcene e llastre da fenesta toia; na lavannara canta se ne vanta e pe’ tramente torce, spanne e canta lùcene e llastre d’a fenesta toia. Ma n’atu sole cchiu’ bello, oi ne’. O sole mio sta nfronte a te! Quanno fa notte e o sole se ne scenne, me vene quase na malincunia; sotto a fenesta toia restarria quanno fa notte e o sole se ne scenne. Ma n’atu sole cchiu’ bello, oi ne’. O sole mio sta nfronte a te!