ⓘ Alliance textile. Yengil sanoat ishlab chiqaruvchi korxonalar uyushmasi Alliance Textile 2011 yilda tashkil topgan bolib yengil sanoat sohasida Ozbekiston Respu ..

                                     

ⓘ Alliance textile

Yengil sanoat ishlab chiqaruvchi korxonalar uyushmasi "Alliance Textile" 2011 yilda tashkil topgan bolib yengil sanoat sohasida Ozbekiston Respublikasida yirik uyushmalardan biri hisoblanadi. YSKU "Alliance Textile" tarkibiga hozirda 7 ta korxonalar kiradi, bular:

OOO "BERUNIY TEXTILE INVEST" - 2009-yilda asos solingan bolib, Qoraqolpogiston Respublikasi, Beruniy shahrida joylashgan. Umumiy maydoni 7.797 ga. Bolib fabrikada 400 dan ortiq ishchi hizmat qiladi. Ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot paxtadan yigirilgan kalava ip hisoblanadi.

OOO "AND PAXTA TEKS" - 2008-yilda asos solingan bolib, Andijon viloyatida joylashgan. Bu yerda turli xil matolar ishlab chiqariladi.

OOO "YA TEKSTIL GROUP" - Bu fabrika Samarqand viloyatida joylashgan bolib, 2013-yil tashkil topgan. Umumiy maydoni 7 ga atrofida bolgan korxonada yiliga 2000 tonna kalava ishlab chiqariladi.

OOO "CHIMBOY TEKSTIL" - Chimboy shahrida joylashgan, 2018 yil ishga tushirish kozda tutigan. Ishchilar soni 170 kishiga moslashgan boladi.

OOO "HAZORASP TEKSTIL" - Xorazm viloyati, Hazorasp tumanida joylashgan yosh fabrikalardan biri. 2018-yil ishga tushirish kozda tutilib 200 kishilik ish orni egallaydi.

OOO "SHOH STYLE" - Andijon viloyatida joylashgan tikuv fabrikasi. 2017-yilning uchinchi choragida oz faoliyatini boshlagan. 960 m.kv maydonga ega bolib korhonada 200 kishi mehnat qiladi. Korhonada tarkibi 100% paxtadan tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yiliga 3 million dona trikotaj mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega.

OOO "GRAND TEX IMPEX" - Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida joylashgan. 2018-yil ishga tushirish rejada tutilgan. Ishlab chiqaradigan mahsulot turi 100% paxtadan iborat kalava.