ⓘ M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali. Filial Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 fevraldagi M. V. Lomonosov n ..

                                     

ⓘ M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali

Filial Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 fevraldagi "M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish togrisida" gi PQ-290 sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Filial Toshkent shahrida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2006 yil 24 fevraldagi qarori asosida tashkil etilgan. Unga kora, qurilishi davom etayotgan binolar majmuasi ajratildi Toshkent avtomobil yollarini loyihalash qurish va ekspluatatsiyasi instituti qoshidagi akademik litseyi joylashtirilishi kerak bolgan joyda.

                                     

1. Tarkibi

Filial ishining moliyalashtirishi Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablaglari hisobidan Respublika oliy talim tizimiga ajratiladigan grantlar shaklida va tolov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar tomonidan tolovlar shaklida amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda Filial rahbari lavozimida fizika-matematika fanlari doktori, professor V. B. Kudryavtsev Moskva, rahbar o`ribosarlari – V. A. Nosov Moskva, T. Y. Bazarov Moskva. Ijrochi direktor – E. M. Saydamatov, director o`rinbosarlari – T.O. Qarshiyev, A. B. Mamanazarov, Sh. Sh. Mirzayev.

Hozirgi kunda filialda bakalavrlar va magistrlar uchun ikkita fakultet faoliyat korsatadi: "Psixologiya", "Amaliy matematika va informatika".

                                     

2. Talim

Filialda abiturientlar quyidagi imtihonlar asosida qabul qilinadi: Psixologiya fakulteti uchun yozma imtihonlar - matematika, rus tili, biologiya fanlaridan; Amaliy Matematika va informatika fakulteti uchun yozma imtihonlar - matematika, rus tili, informatika fanlaridan).

2011 yilda Psixologiya fakultetida oqish 5 yil davom etgan mutaxassis, hozirgi kunda har ikki fakultetlarda oqish muddati: bakalavrlar uchun - 4 yil va magistrlar uchun - 2 yil. 2017 yildan boshlab har bir fakultetda bakalavrlar uchun 20 ta byudjet va 30 ta tolov-kontrakt asosida, magistrlar uchun har bir fakultetda 4 ta byudjet va 6 ta tolov shartnoma asosida oqish tashkil etilgan.

Dars mashgulotlari Ozbekiston va Rossiya Federatsiyasi professor-oqituvchilari tomonidan rus tilida olib boriladi. Dars mashgulotlarini otkazish uchun har yili Moskvadan professor-oqituvchilar filialga yuboriladi. Bosh universitetning mutahassislari - professor-oqituvchilari bakalavlik diplomlari va magistrlik dissertatsiyalarining ilmiy rahbarlari sifatida faoliyat yuritadilar.

Bitiruvchilarga belgilangan namunadagi MDU diplomi beriladi.

                                     

3. Talabalar

2018 yilga kelib filialda 434 nafar talaba tahsil olmoqda, ulardan 397 nafari bakalavriatda va 37 nafari magistraturada. Magistrantlarning 90% filial bakalavriati bitiruvchilari hisoblanadi.

Filial talabalari 2014 yilda dasturlash boyicha Xalqaro talabalar olimpiadasining yakuniy bosqichida ishtirok etdi. Ular 122 ta jamoa ishtirokchidan fahrli 37-orinni egallagan.

Filial talabalari orasida xalqaro sport musobaqalarining sovrindorlari ham bolgan - Farangis Alieva MDH kubogi - ITF Jahon kubogi taekvondo boyicha 1-oringa sazavor bolgan.

                                     

4. Bolim bitiruvchilari

2019 yilga qadar talim muassasasini 600 dan ortiq mutaxassislar bitirgan. Bitiruvchilarning bazilari oqishni Moskva davlat universitetining aspiranturasida davom ettirdilar va fan nomzodlari darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qildilar.

Filial bitiruvchilari Ozbekistonning turli vazirliklarida, Ozbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti, "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi, "Lukoil" kompaniyasi, Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston milliy universiteti, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Sen yolgiz emassan jamoatchilik bolalar jamgarmasi, Ozbekiston Psixologlari assotsiatsiyasi, Ozbekiston gimnastika federatsiyasi kabi turli sohalarda ishlaydi.