ⓘ Generativ grammatika grammatikani malum bir tilda sozlar birikmasi orqali tuzilish jihatidan togri gaplar yaralishiga asos boluvchi qoidalar tizimi deb hisoblay ..

                                     

ⓘ Generativ grammatika

Generativ grammatika grammatikani malum bir tilda sozlar birikmasi orqali tuzilish jihatidan togri gaplar yaralishiga asos boluvchi qoidalar tizimi deb hisoblaydigan tilshunoslik nazariyasidir. Ushbu atamani birinchi bolib Noam Chomskiy 1950-yillarning oxirlarida ozi ishlab chiqqan tilshunoslik nazariyasiga tegishli qollagan. Generativ grammatika doirasida tadqiqot olib boruvchi tilshunoslar generativistlar deb nomlanadi. Generativ maktabi asosan sintaksis yonalishi boyicha izlanishlar olib borishi bilan birga, tilshunoslikning boshqa yonalishlari, xususan, morfologiya va fonetikaga ham etibor qaratadi.

Chomskiy nazariyasining dastlabki shakli transformatsion grammatika deb atalgan va bugungi kunda ushbu nazariyaning keyingi shakllarini oz ichiga qamrab olgan, bularning eng songgisi - minimalistik dastur. Chomskiy va boshqa generativistlarning fikriga kora, generativ grammatika xususiyatlari atrof-muhitdan organish evaziga emas, balki inson miyasidagi tugma universal grammatikadan kelib chiqadi.

Zamonaviy tilshunoslikda generativ grammatikaning turli tizimlari mavjud.

Generativ grammatikaga qarama-qarshi bolgan yonalish - cheklov asosidagi grammatikadir. Generativ grammatika tildagi togri shakllangan gaplarni yaratuvchi barcha qoidalarni royxatga olish jarayoniga tayansa, cheklov asosidagi grammatika va uning turlari esa, aksincha, malum bir cheklovdan boshqa hech qanday cheklovga amal qilmagan jarayonlarni oz ichiga qamrab olish qobiliyatiga ega.

                                     

1. Asosiy tizimlar

Generativ grammatikaga turli xil yondashuvlar mavjud. Bularning umumiy jihati - tabiiy tildagi barcha togri shakllangan ifodalar majmuasining har bir azosini rasman tavsiflay oladigan qoidalar yoki prinsiplar toplamini ishlab chiqish. Generativ grammatika atamasi kamida quyidagi tilshunoslik maktablari bilan bogliq:

  • Boshqarish va birikish nazariyasi BB
  • Standart nazariya SN
  • Ozgartirilgan standart nazariya OSN
  • Transformatsion grammatika TG
  • Prinsiplar va parametrlar nazariyasi P & P
  • Kengaytirilgan standart nazariya KSN
  • Minimalistik dastur MD
  • Bosh-yonalgan ibora strukturasi grammatikasi BISG
  • Aloqaviy grammatika AG
  • Monostratal yoki notransformatsion grammatikalar
  • Umumlashgan ibora strukturasi grammatikasi UISG
  • Kategoriyal grammatika
  • Daraxt-boglovchi grammatika
  • Leksik-funksional grammatika LFG