ⓘ Lars Ahlfors – finlandiyalik matematik. Ahlfors Riemann yuzalari sohasidagi faoliyati bilan tanilgan. 1936-yil Jesse Douglas bilan birgalikda ilk Fields medali ..

                                     

ⓘ Lars Ahlfors

Lars Ahlfors – finlandiyalik matematik. Ahlfors Riemann yuzalari sohasidagi faoliyati bilan tanilgan. 1936-yil Jesse Douglas bilan birgalikda ilk Fields medali bilan taqdirlangan.

Ahlfors Helsinki shahrida tugilgan. Onasi Sievä Helander uni tugayotib vafot etgan. Ahlfors 1928-yil Helsinki uninversitetini tamomlagan. 1930-yil ayni universitetdan PhD darajasini olgan. 1933–1936-yillarda shu universitetda ishlagan. 1946- yildan 1977-yil nafaqaga chiqqunicha Harvard universitetida ishlagan. Shuningdek, 1962–1966-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida mehmon professor olaroq ishlagan.

Ahlforsning "Kompleks analiz" inglizcha: Complex Analysis 1953 kitobi ushbu sohadagi klassik asarga aylangan. Shuningdek, "Riemann yuzalari" inglizcha: Riemann surfaces 1960 hamda "Konform invariantlar" inglizcha: Conformal invariants 1973 kitoblari muallifi. Olim 1968-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.