ⓘ Michael Atiyah. Michael Francis Atiyah - britaniyalik matematik. Geometriya boyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Atiyah Sudan va Misrda ulgaygan, ammo akadem ..

                                     

ⓘ Michael Atiyah

Michael Francis Atiyah - britaniyalik matematik. Geometriya boyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Atiyah Sudan va Misrda ulgaygan, ammo akademik faoliyatini Buyuk Britaniyada Oxford va Cambridge universitetlarida, keyinchalik AQShda Perspektiv tadqiqotlar institutida olib borgan.

Atiyah London Qirollik jamiyati prezidenti 1990-1995, Isaac Newton instituti 1990–1996 direktori, Trinity kolleji direktori 1990–1997, Leicester universiteti rektori 1995–2005 hamda Edinburgh Qirollik jamiyati prezidenti lavozimlarida ishlagan. 1997-yildan olimiga qadar Edinburgh universiteti faxriy professori bolgan.

Atiyah Friedrich Hirzebruch bilan hamkorlikda K-teoriyani ishlab chiqqan. Ushbu teoriya algebraik topologiyaning muhim asboblaridan biri hisoblanadi. 1963-yil Isadore Singer bilan hamkorlikda taniqli Atiyah–Singer indeks teoremasini isbotlagan. Ushbu teoremadan differensial tenglamalarning mustaqil yechimlari sonini hisoblashda foydalaniladi. Atiyah nazariy fizika sohasidagi, xususan, maydon kvant nazariyasisida qollaniladigan instanton va monopollar boyicha ishlari bilan ham tanilgan. Atiyah 1966-yil Fields medali bilan, 2004-yilda esa Abel mukofoti bilan taqdirlangan.