ⓘ Alan Baker - britaniyalik matematik. Baker sonlar nazariyasidagi samarali uslublar, xususan, tanssendent sonlar teoriyasidan kelib chiqadigan metodlar boyicha i ..

                                     

ⓘ Alan Baker

Alan Baker - britaniyalik matematik. Baker sonlar nazariyasidagi samarali uslublar, xususan, tanssendent sonlar teoriyasidan kelib chiqadigan metodlar boyicha ishlari bilan tanilgan. 1970-yil 31 yoshida Fields medali bilan taqdirlangan.

Baker London kollej universitetida tahsil olgan, Cambridge universiteti qoshidagi Trinity kollejidan PhD darajasini olgan. 2006-yilgacha Cambridge universitetida sof matematika professori lavozimida ishlagan. Olim sonlar nazariyasi bilan bir qatorda logarifmik formalar, samarali uslublar, Diophantus geometriyasi hamda Diophantus analizi sohalarida ishlab keladi.

Baker 1972-yilda Adams mukofotiga sazovor bolgan, 1973-yilda London qirollik jamiyatining azosi etib saylangan. 2012-yilda esa Amerika matematika jamiyati azosi etib tayinlangan. Olim Hindiston Fanlar akademiyasining xorijlik azosidir.