ⓘ Pinyin. Pinyín - putunxua uchun romanlashtirish tizimi. Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy maqomga ega. Pinyin 1958-yilda qabul qilingan bolib, uning muallifi Chj ..

                                     

ⓘ Pinyin

Pinyín - putunxua uchun romanlashtirish tizimi. Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy maqomga ega. Pinyin 1958-yilda qabul qilingan bolib, uning muallifi Chjou Youguang hisoblanadi. 1979-yildan pinyin butun dunyoda XXRdagi nomlarni lotinchaga ogirishning rasmiy vositasi sifatida qollaniladi. U avval mavjud bolgan Ueyld - Jaylz va chjuin transkripsiyalarining ornini bosdi. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti pinyinni xalqaro standart sifatida 1982 yilda qabul qildi. Birlashgan millatlar tashkiloti esa 1986-yilda qabul qildi.

2009-yil 1-yanvardan pinyin Tayvanda rasmiy romanlashtirish standartiga aylandi. Lekin undan talim yoki kompyuterda kiritish uchun emas, xalqaro tadbirlarda foydalaniladi. Ammo Tayvandagi bazi shaharlar, korxona va tashkilotlar asosan Tayvan janubida bu ozgarishni qabul qilishmadi, ular "Pinyin - XXR bilan yaqin aloqalar vositasi bolishi mumkin", deb hisoblashdi. Shu sabab Tayvanda pinyindan boshqa romanlashtirish tizimlari saqlanib qoldi. "Hanyuy" sozi "Xan xalqining ogzaki tili" degan manoni anglatsa, "Pinyin" sozma-soz tarjimada "yozilgan tovushlar" deganidir.

Pinyinda lotin alifbosining V belgisidan tashqari qolgan barcha belgilari ishtirok etadi, ularga Ü u-umlyaut qoshilgan; kompyuterda yozishda V belgisi orniga Ü belgisini ishlatish mumkin. Pinyinda tovushlarni belgilash uchun diakritik belgilardan foydalaniladi. Ulardan asosan oquv adabiyotlarida foydalaniladi. Lugatlarda pinyinda yozilgan soz oxirida tovush raqami qoyiladi, masalan: dong2 yoki dong² = dóng.

                                     

1. Shenlar yozilishi

Pinyin boyicha Xitoy adabiy tilida shenlar initsiallar, soz boshidagi undoshlar yozilishi quyidagi jadvalda korib chiqiladi. Har bir katakning birinchi qatorida Xalqaro fonetik alifbo tizimi boyicha, ikkinchi qatorda - pinyin boyicha, uchinchi qatorda - ozbek lotin alifbosidagi korinishi berilgan ayrim tovushlarni aniq ifodalash uchun ozbek kirill alifbosidan ham foydalanildi.

                                     

2. Tovushlarni belgilash

  • Birinchi tovush normal yoki baland tovush unli harf ustidagi makron ˉ bilan belgilanadi: ā ɑ̄ ē ī ō ū ǖ Ā Ē Ī Ō Ū Ǖ
  • Ikkinchi tovush balandlagan tovush akut ´ bilan belgilanadi: á ɑ́ é í ó ú ǘ Á É Í Ó Ú Ǘ
  • Tortinchi tovush pastlagan tovush gravis ` bilan belgilanadi: à ɑ̀ è ì ò ù ǜ À È Ì Ò Ù Ǜ
  • Uchinchi tovush past tovush gachek ˇ bilan belgilanadi: ǎ ɑ̌ ě ǐ ǒ ǔ ǚ Ǎ Ě Ǐ Ǒ Ǔ Ǚ
  • Beshinchi tovush neytral tovush hech qanday ustki belgiga ega emas: a ɑ e i o u ü A E I O U Ü