ⓘ Artur Avila - braziliyalik matematik. Avila asosan dinamik tizimlar va spektral nazariya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2014-yil Fields medali bilan taqdirl ..

                                     

ⓘ Artur Avila

Artur Avila - braziliyalik matematik. Avila asosan dinamik tizimlar va spektral nazariya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2014-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Avila 1995-yil 16 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medalni qolga kiritgan. Bakalavr darajasini Rio de Janeiro federal universitetidan olgan. 19 yoshida dinamik tizimlar teoriyasi boyicha doktorlik ishini yoza boshlagan. 2001-yil uni tamomlab, PhD darajasini olgan.

2001-yil Fransiyaga kochib borib, Jean-Christophe Yoccoz rahbarligida post-doktorantura ilmiy ishlar ustida ishlay boshlagan. Olim 2003-yildan beri Fransiyaning Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida fransuzcha: Centre national de la recherche scientifique ishlab keladi. Avila 2008-yil ushbu markazning tadqiqot direktori etib tayinlangan.